Raximov Daniyar Baxtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Majburiyatlar bajarilishini fuqarolik-huquqiy ta’minlash”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Yu135.
Ilmiy maslahatchi: Ro‘zinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Baxshillo Kamolovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Muxammadiev Ayub Abduraxmanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kamalov Oybek Axmatovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi majburiyatlar bajarilishini fuqarolik-huquqiy ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishda majburiyatlarni bajarish usullarining takomillashtirilishi, kreditorlar talablarini qondirish navbatining belgilanishi, undiruv qaratilgan mol-mulkni sotish tartiblarining rivojlantirilishi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori o‘z vaqtida shakllantirilishi kreditorlarning manfaatlarini huquqiy jihatdan ta’minlash uchun muhim ekanligi asoslantirilgan;
majburiyatlar bajarilishini ta’minlash usuli sifatida berilgan qarzdorning mol-mulki hisobidan ayni bir mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida garov reestriga yozuv kiritgan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbatini belgilash zarurligi asoslab berilgan;
garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishda qarzdor yoki uchinchi shaxs bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasi realizatsiya qilinguniga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning muddati o‘tkazib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni garov narsasiga qaratish va uni realizatsiya qilishni tugatishi mumkinligi asoslantirilgan;
garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishda mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlasa, garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat bo‘yicha bajarishga yo‘naltirish mumkinligi asoslab berilgan;
garovga qo‘yilgan mol-mulkni garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni qoplashga qabul qilinishda takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmaganida garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini ushbu savdodagi boshlang‘ich sotish narxidan ko‘pi bilan o‘n foiz kamroq summada baholab, o‘zida olib qolishi mumkinligi asoslantirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Majburiyatlar bajarilishini fuqarolik-huquqiy ta’minlash tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fuqarοlik qοnunchiligini takοmillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarning majburiyatlarni bajarish usullarini takomillashtirish, kreditorlar talablarini qondirish navbatini belgilash, undiruv qaratilgan mol-mulkni sotish, jamiyat ustav fondi kapitali, jamiyat aksiyalarini imtiyozli ravishda olish masalalariga οid qismidan 2019 yil 20 martdagi “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-531-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar) hamda 4-moddasi (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekistοn Respublikasi Οliy Majlisining Qοnunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil 2 avgustdagi 04/1-06-2478-sοn ma’lumοtnοmasi). Mazkur taklif turar joylarni sotish bilan bog‘liq majburiyatlarni rasmiylashtirish orqali kreditorlarning manfaatlarini huquqiy jihatdan ta’minlash hamda jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini belgilashga xizmat qilgan;
“Majburiyatlar bajarilishini ta’minlash usuli sifatida berilgan qarzdorning mol-mulki hisobidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbati”ga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2591-moddasi) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-572-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekistοn Respublikasi Οliy Majlisining Qοnunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari ko‘mitasining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/1-05/4249 vx-sοn ma’lumοtnοmasi). Mazkur taklif ayni bir mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida garov reestriga yozuv kiritgan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbatini belgilashga imkon yaratgan;
“Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish”ga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 281-moddasi ettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi qismlari) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-572-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekistοn Respublikasi Οliy Majlisining Qοnunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/1-05/4249 vx-sοn ma’lumοtnοmasi). Mazkur taklif qarzdor yoki uchinchi shaxs bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasi realizatsiya qilinguniga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning muddati o‘tkazib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni garov narsasiga qaratish va uni realizatsiya qilishni tugatishga xizmat qilgan;
“Garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish”ga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi qonunining 28-moddasi uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlari) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-572-sonli Qonunini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistοn Respublikasi Οliy Majlisining Qοnunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/1-05/4249 vx-sοn ma’lumοtnοmasi). Mazkur taklif mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlasa, garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat bo‘yicha bajarishga yo‘naltirish imkoniyatini yaratgan;
“Garovga qo‘yilgan mol-mulkni garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni qoplashga qabul qilish”ga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-572-sonli Qonunini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistοn Respublikasi Οliy Majlisining Qοnunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 23 dekabrdagi 06/1-05/4249 vx-sοn ma’lumοtnοmasi). Mazkur taklif takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich sotish narxidan ko‘pi bilan o‘n foiz kamroq summada baholab, o‘zida olib qolishga xizmat qilgan.