Abduraxmanov Ubaydulla Zulfiqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za navlari ko‘saklarining fiziologik etilishiga defoliantlar ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx33.
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Djamalxan Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yuldashov Murod Xudargonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta tolali g‘o‘za navlari ko‘saklarining fiziologik va biokimyoviy jarayonlariga defoliantlarning ta’sirini aniqlash hamda ularni qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘rta tolali g‘o‘za navlari ko‘saklarining rivojlanish davrida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar navlarning biologik xususiyatiga bog‘liqligi aniqlangan;
o‘rta tolali g‘o‘za navlari ko‘saklarining fiziologik pishib etilishiga bog‘liq holda «SuyuqXMD», «Avguron-ekstra» (360 g/l tidiazuron – 180 g/l diuron) va «Sadaf» (xlorat asosli tuz) defoliantlarining ta’siri aniqlangan;
ko‘saklarning shakllanishi va tolaning tarkibiy qismlari, jumladan namligi, kul, sellyuloza miqdori hamda uning zanjirlanish darajasiga defoliantlarning ta’siri aniqlangan;
g‘o‘za barglari to‘kilishi, ko‘saklar ochilishi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, paxta hosili va birinchi terim salmog‘i hamda paxta tolasi sifatiga defoliantlarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘za ko‘saklarining fiziologik etilishini inobatga olgan holda defoliantlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ko‘saklarning fiziologik etilishiga qarab defoliantlarni qo‘llash borasida «G‘o‘za defoliatsiyasini sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 8 noyabrdagi 02/20-577-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikada paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘za ko‘saklarining fiziologik etilishini inobatga olgan holda defoliantlarni qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarining 5800 gektariga joriy etilgan. (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 8 noyabrdagi 02/20-577-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida defoliatsiyadan samarali foydalanilib, ko‘saklar ochilishi 22,3–24,2 foizga, birinchi terim salmog‘i 15–22 foizga, paxta hosildorligi gektariga 1,5–3,0 sentnerga oshgan va defoliatsiya hisobiga iqtisodiy samaradorlik gektariga 100–160 ming so‘mni tashkil etgan.