Toirova Guli Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek nutqiy muloqotida sistemaviylik va informativlik», 10.00.01–O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil119.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Eltazarov Jo‘liboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiev Yormat, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nutqiy muloqotning muhim insoniy faoliyat turi sifatida o‘ziga xos situativ-pragmatik sistemaekanligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy muloqotning o‘ziga xos situativ-pragmatik sistema ekanligi nazariy ma’lumotlar bilan asoslangan;
nutqiy birliklar – lisoniy birliklarning yozma yoki og‘zaki ko‘rinishlarda bo‘lishi, muloqot birligi esa lisoniy va nolisoniy omillarning muloqot jarayonida birgalikda voqelanishi kabi farqlanishlar nazariy xulosalar bilan isbotlangan;
situativ-pragmatik sistemani grafik ko‘rinishda ifodalovchi izosayn tushunchasining ijtimoiy-informativ qiymati ilmiy-amaliy jihatdan ochib berilgan;
nutqiy muloqot situativ-pragmatik sistema sifatida ichki va tashqi omillardan, ularning har biri esa o‘z navbatida, bir necha ichki assotsiativ paradigmadan iboratligi asoslangan;
o‘zbek adabiyotida nutqiy muloqotning to‘liq-simmetrik-uzilmagan va to‘liq-simmetrik-uzilgan hamda noto‘liq-simmetrik-uzilmagan kabi ko‘rinishlari mavjudligi misollar bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek nutqiy muloqotida sistemaviylik va informativlikxususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
tinglash – muloqotning eng muhim komponenti, tinglashning ham xuddi so‘zlashdagi kabi texnikasi, usullari: refleksiv tinglash usuli va norefleksiv tinglash usuli, suhbatdoshlar orasida maqsad uyg‘unligi kabi izohlashga oid xulosalardan F1-052 raqamli “O‘zbekistonda oilaviy psixologik xizmatni tashkil etishning ilmiy-nazariy va metodologik muammolari” nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 16 fevraldagi FTK-0313/165-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashjarayonida samarali foydalanishga asos bo‘ladi;
salom berish – kundalik hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan urf, salomlashish paytida nafaqat suhbatdoshning nasabi, qarindoshlik aloqalari, yoshi va jinsi, balki kunning qaysi vaqti, kasbi va suhbat paytida so‘zlashayotganlar nima bilan mashg‘ul ekanligi ham inobatga olinishi kabi izohlashga oid xulosalardan A-1-069 raqamli «O‘zbekistonda oila institutini rivojlantirish hamda barkamol avlod tarbiyasining ma’naviy-huquqiy, tibbiy-psixologik va demografik omillarini tadqiq etish» nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 89-03-2698-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi o‘zbek tili va madaniyati o‘tmishda naqadar boy, salomlashish usullari esa qanchalik xilma-xil bo‘lganining mohiyatini yoritib berishga xizmat qilgan;
diskursda paralingvistik vositalar – har xil imo-ishoralar, tana a’zolarining harakat va holatlarining ahamiyati, maqsad va saviyada uyg‘unlik bo‘lmasa, diskurs samarasiz bo‘lishi kabi izohlashga oid xulosalardan A-1–118 raqamli «Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorlash» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 89-03-2698-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishimumtoz adabiyotimizda tinglovchi va so‘zlovchi simmetriyasi – saviyalarining muvofiqligi, uyg‘unligining mohiyatini yoritib berishga xizmat qilgan.