Ulashova Sevinch Ulash qizining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIII-XV asrlar forsiy manbalarida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar522.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Ishoqov Mirsodiq, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIII–XV asrlarda Movarounnahrdagi etnik jarayonlarni forsiy yozma manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIII–XV asrlarda turkiy etnoslarning nufuzi avvalgi davrga qaraganda yanada ortgani dalillanib, mintaqada o‘troq aholi bilan birga yashab qolgan qarluq, yag‘mo, chig‘il, qang‘li, qipchoq, xalaj, o‘g‘uz, qoraxitoy, kujat kabi xalqlarning hududi, salmog‘i, yetakchilari va etnik tarixiga doir ma’lumotlar aniqlangan;
Chingiziy shahzoda va hukmdorlarning o‘zaro kurashi tufayli Xorazm, Samarqand, Buxoro, Kesh va Termizdan asir qilib olib ketilgan aholining (ellik mingdan ortiq) G‘azna, Shibirg‘on, Farob va Balxga joylashtirilgani dalillangan;
O‘rta Osiyoga kelib o‘rnashgan etnoslarning aksariyati turkiy etnoslar ekani (jaloyir, barlos, dug‘lot va b.), mo‘g‘ul qabila ittifoqi tarkibida mo‘g‘ullashgani, Ili vodiysida qaytadan turklashib, Movarounnahrga kirib kelganda turkiy tilda so‘zlashgani isbotlangan;
Chig‘atoyga biriktirilgan turk-mo‘g‘ul qabilalariga doir bahsli ma’lumotlarga aniqliklar kiritilib, ular mingliklardan iborat barlos, jaloyir, sulduz, arlot qabilalari hamda sakkiz ming kishilik nayman qo‘shini ekani, bu davrda qavchin etnonimi bo‘lmagani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIII–XV asrlar Movarounnahr aholisining etnik tarkibi, mintaqada kechgan etnik jarayonlarni yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIII–XV asrlarga oid 20 ga yaqin forsiy manbalar asosida tayyorlangan Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan etnoslar hamda shu davr mintaqa etnonimlari bilan bog‘liq shaxs nomlari ro‘yxati keltirilgan jadvallar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining ekspozisiyalarini yangilashda va shu orqali muzeyda tashkil etilgan mo‘g‘ullar va Temuriylar bo‘limi ko‘rgazmalarini boyitishga amaliy yordam ko‘rsatdi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 3/1255-3174–son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘rta asr muarrixlarining asarlarini hamda ular orqali Movarounnahr aholisining XIII–XV asrlardagi ahvoli, etnonimlar, urug‘-qabila yetakchilari to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga xizmat qilgan;
XIII-XV asrlarda Movarounnahrdagi etnik jarayonlar, aholining etnik tarkibi, manbalardagi etnik ma’lumotlar tadqiqiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2019 yil dekabr-yanvar oylarida efirga uzatilgan noyob manbalar tadqiqiga bag‘ishlangan “Tarixiy savol” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 4040/1500-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvni ilmiy dalillarga boyitish bilan birga Rashididdin, Juvayniy, Avfiy, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi muarrixlarning ilmiy merosini xalqimizga etkazishga xizmat qilgan.