Abdirimova Aziza Dushamovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari shakllanishi va rivojlanishining mikrobiologik jihatlari», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib159.

Ilmiy maslahatchi: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika immunologiya ilmiy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Nabieva Umida Po‘latdjanova, tibbiyot fanlari doktori;  Azizov Yuriy Dalievich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari etiologiyasi, shakllanishi va rivojlanishi sabab-oqibatli bog‘liqliklarining mikrobiologik jihatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ayollar kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining yetakchi etiologik agentlari aniqlangan;

ayollar kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari shakllanishi va rivojlanishida asosiy etiologik agentlar va genital yo‘l infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari bilan bog‘liqliklari aniqlangan;

ayollar kichik chanoq a’zolarida yiringli-yallig‘lanish jarayoni shakllanishi va rivojlanishining asosiy mikrobiologik xususiyatlari aniqlangan;

reproduktiv yoshdagi ayollar kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari rivojlanishidagi asosiy qo‘zg‘atuvchilarning antimikrob preparatlarga rezistentligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Reproduktiv yoshdagi ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining mikrobiologik tashhisi xususiyatlari zamonaviy holati bo‘yicha olingan natijalar asosida:

ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining mikrobiologik tashxisi xususiyatlari zamonaviy jihatlarini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan «Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining mikrobiologik tashxisida asosiy qo‘zg‘atuvchilar taksonomik belgilari o‘zgaruvchanligini o‘rganishning ahamiyati» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 25 sentyabrdagi 8N-D/27-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarda kechadigan kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari tipik va atipik shtammlarini aniqlash, identifikatsiyalash va differensiatsiyalash imkonini yaratgan;

ayollarda tashxislangan kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining mikrob manzarasi va shakllanishining mikrobiologik jihatlari bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Xorazm viloyat perinatal markazi va RShTYoIM Xorazm filialida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 25 sentyabrdagi 8N-D/27-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliy tibbiyotga joriy etilishi ayollardagi kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari unish foizini 11% ga ko‘paytirish, mikrobiologik tadqiqotlar o‘tkazishda byudjet mablag‘laridan 76667 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish