Aliev Tog‘aymurot Baratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Asparagin kislotasining 3d-metallari bilan aralashligandli koordinatsion birikmalari sintezi va tadqiqi», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K357.
Ilmiy rahbar: Husenov Qaxramon Shayimovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Adham Solievich, kimyo fanlari doktori, professor; Mardonov O‘ktam Mardonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asparagin kislotasining ba’zi 3d–metallar va N, O, S – tutgan aminokislotalar ishtirokida aralashligandli komplekslarni eritmada va qattiq holda hosil bo‘lishini, tarkibi, tuzilishi, xossalari va katalitik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
3d-metall ionlarining asparagin kislotasi va N, O, S – tutgan aminokislotalar ishtirokida eritmada hosil qilgan komplekslarining barqarorlik konstanta qiymatlari va ularni ligandlar tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan;
Co(II), Cu(II), Ni(II), Fe(II), Fe(III) ionlarining asparagin kislotasi va N, O, S – tutgan aminokislotalar, qo‘shimcha suv molekulalari ishtirokida yangi aralashligandli komplekslari sintez qilingan; 
temir(II) va temir(III) ionlarining aminokislotalar tutgan kompleks birikmalari tarkibida ayni bir vaqtda Fe(II) va Fe(III) ionlarini tutgan bi- va poliyadroli polimersimon tuzilishli kompleks birikmalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
rentgenstrukturaviy analiz usulida ilk bor [So(AspN)2(N2O)4] tarkibli kompleks birikmada asparagin kislotasi β-SOO– guruhining bitta kislorod atomlari orqali monodentat koordinatsiyalanishi isbotlangan;
[M(AspN)2] tarkibli kompleks birikmalar vodorod peroksidining parchalanish jarayonida sinergetik katalitik faollikni namoyon qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
3d-metall ionlarining asparagin kislotasi va boshqa aminokislotalar bilan komplekslarining sintezi, tuzilishi va katalitik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat chiqindi suvlari tarkibidagi kationlar (Fe+3, Co+2, Cu+2, Ni+2) konsentratsiyasini rN-metrik titrlab aniqlash usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 12 noyabrdagi 02-06-07/10957-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlari tarkibidagi mavjud kationlarning bir vaqtning o‘zida aniqlash imkonini bergan; 
oqova suvlar tarkibidagi og‘ir metall ionlarini aminokislotali komplekslar holatida ajratib olish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 12 noyabrdagi 02-06-07/10957-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlari tarkibida mavjud metall kationlarini kompleks birikma shaklida ajratib olish usulini yaratish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish