Kaipbergenova Feruza Tulepbergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Oliy ta’lim muassasalalari kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili bo‘yicha lug‘at boyligini shakllantirish (mul`timedia dasturlari misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped792.
Ilmiy rahbar: Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili bo‘yicha lug‘at boyligini mul`timedia dasturlari yordamida shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan elektron va animatsion ta’lim resurslari bazasini ishlab chiqish orqali kimyo va kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalariga kimyoviy tushunchalarni rivojlantirishning o‘quv mazmundagi kimyoviy integrativ topshiriqlar, kimyoviy korxonalarga sayyohat kabi pedagogik shart-sharoitlari ochib berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillari lug‘atini qiyosiy tahlili asosida kimyogar talabalarga til o‘rgatishda xorijiy tillarni integratsiyalashtirib, talabaning tafakkurini rivojlantiruvchi tavsiflovchi (Describe a picture or your friend using new vocabulary) va kommunikativ (Fill in the blanks, Learn your classmate`s opinion about …) mashqlar kompleksi takomillashtirilgan;
muvofiqlik, tuzilish va samaradorlik tamoyillariga asoslangan ingliz tili so‘z boyligini o‘stirish va so‘zlashishga o‘rgatishda she’r, qo‘shiq, ertak, topishmoqlardan foydalangan holda mul`timediali o‘quv vositalarining imkoniyatlarga ega kompleks (virtual darslar to‘plami) ishlab chiqilgan;
ong, ko‘rinish, ona tilini hisobga olish va qulaylik tamoyillariga asoslangan, vizual va auditiv layoqatning innovatsion axborot ta’lim vositalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan “E-platform for improving subject knowledge” nomli onlayn platforma milliy xususiyatlar kontekstida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili bo‘yicha lug‘at boyligini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan elektron va animatsion ta’lim resurslari bazasi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali fakul`tetlararo chet tilini o‘qitish pedagoglari tomonidan amaliy darslarda tabdiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5200 ˗ son ma’lumotnomasi). Natijada, «Basics of chemistry in English» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etilgan;
muvofiqlik, tuzilish va samaradorlik tamoyillariga asoslangan ingliz tili so‘z boyligini o‘qitishda ishlatiladigan mul`timediali o‘quv vositalarining kompleks tasnifi (virtual darslar to‘plami) ishlab chiqilgan va natijada ong, ko‘rinish, ona tilini hisobga olish va qulaylik tamoyillariga asoslangan holda talabalarning ingliz tili bo‘yicha kompetensiyasini oshirish uchun mo‘ljallangan mualliflik dasturi «E-platform for improving subject knowledge» ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi intellektual mulk Agentligining 2020 yil 3 iyuldagi 08463-son guvohnomasi). Natijada, milliy auditoriyada ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish kompetentligi oshirilgan va kimyogar talabalarning ingliz tili bo‘yicha lug‘at boyligini shakllantirishga erishilgan;
ommalashtirish maqsadida, ingliz va qoraqalpoq tillari lug‘atini qiyosiy tahlili asosida kimyogar talabalarga til o‘rgatishda xorijiy tillarni integratsiyalashtirib, talabaning tafakkurini rivojlantiruvchi tavsiflovchi (Describe a picture or your friend using new vocabulary), kommunikativ (Fill in the blanks, Learn your classmate`s opinion about …) va boshqada mashqlar kompleksi haqqida ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Fan va ta’lim” bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan “Adabiyot va davr”, “Meros”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor” dasturlari orqali keng aholiga, shu jumladan o‘quvchi yoshlar, talabalar va olimlarga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 apreldagi 01-02/227-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq tillari lug‘atining qiyosiy tahlili va onlayn platformani foydalanish samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar ommalashtirilgan.