Yusupov Elmurod Kuchkarboevichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gadoliniy A=156,158,160 izotoplari rotatsion holatlarining hossalari”, 01.04.08 – “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM255. 
Ilmiy rahbar: Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA “Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab-chikarish birlashmasi, DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01.
Rasmiy opponentlar: Saidxanov Nasir Shakirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nadirbekov Maxmudjon Sulaymanovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: deformatsiyalangan juft-juft noyob Er elementlari yadrolari kollektiv holatlarining energiyalari va elektromagnit xususiyatlaridagi noadiabatiklikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Koriolis aralashuvini hisobga oluvchi fenomenologik model` bandlarning inersiya momentlarini bir deb olib, hamda Gamil`ton operatori bazis holatlar diapazonini kengaytirish asosida takomillashtirildi. Shu model` doirasida noyob Er elementlari yadrolari musbat juftlilik holatlari energiya spektri va elektromagnit xususiyatlarini talqin etishning mukammallashgan yangi parametrlash usuli taklif etildi;
ilk bor izotoplarini quyi joylashgan band holatlaridan elektr kvadrupol` o‘tishlarning keltirilgan ehtimolliklari nisbatlarida noadiabatiklik keskinroq namoyon bo‘lishi sabablari ko‘rsatilgan; 
eksperimentda kuzatilgan band holatlarini magnit xususiyatlari bo‘lgan mul`tipol` aralashuv koeffisienti hamda asosiy band holatlariga o‘tishlar keltirilgan ehtimolliklari  ta’qiqlangan o‘tishlar orqali ilk bor tushuntirildi;
ilk bor gadoliniyni A=156,158,160 izotoplari   rotatsion bandlarida yangi holatlar va A=158 izotopida xarakteristikalari   bo‘lgan qo‘shimcha holatlarni mavjud bo‘lishligi nazariy bashorat qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
gadoliniy A=156,158,160 izotoplari rotatsion holatlarining hossalari bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
gadoliniyning A=156,158,160 izotoplarini rotatsion holatlari inersiya momentlariga oid olingan yangi natijalar xalqaro olimlar tomonidan ilmiy jurnalda (Journal Sains Malaysiana, 2022) juft-juft deformatsiyalangan yadrolarda kvantlangan markazdan qochirma cho‘zilishni rotatsion spektrga ta’sirini o‘rganishda foydalanilgan; 
mul`tipol` aralashuv koeffisienti, rotatsion bandlar ichidagi va bandlar o‘rtasidagi va  o‘tishlar keltirilgan ehtimolliklari FRGS19-039-0647 “Dynamics of excited states of neutron-rich well-deformed lanthanide nuclei” 2019/2022 (Xalqaro Malayziya Islom Universitetining 2021 yil 18 noyabrdagi ma’lumotnomasi) fundamental` loyixa doirasida foydalanilgan;
inersiya momentlarini Xarrisni ikki parametrli formulasidan foydalanib aniqlangan natijalar va rotatsion bandlar Koriolis aralashuvini e’tiborga oluvchi fenomenologik model` yordamida olingan to‘lqin funksiyalar FRGS19-039-0647 “Dynamics of excited states of neutron-rich well-deformed lanthanide nuclei” 2019/2022 (Xalqaro Malayziya Islom Universitetining 2021 yil 18 noyabrdagi ma’lumotnomasi) fundamental` loyixa doirasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi deformatsiyalangan yadrolarning aylanma holatlari spektrining nozik strukturasini aniqlashga imkon bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish