Suvonov Qayim Jaxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribaviy tadqiqotlar asosida oshqozon ichak yo‘llaridan bakteriyalar translokatsiyasi mexanizmlarini majmuaviy baholash», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib141.
Ilmiy maslahatchi: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika immunologiya ilmiy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Nuruzova Zuxra Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djumaniyazova Gul`nara Ismoilovna, biologiya fanlari doktori, professor; Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy o‘tkir ichak tutilishlarida bakterial translokatsiya rivojlanish mexanizmlarini aniqlash va ushbu fenomen kelib chiqishida immun tizimi faoliyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribaviy o‘tkir ingichka va yo‘g‘on ichak tutilishlari modellarida BT shakllanishini ta’minlovchi translokatsiyaga qodir asosiy mikroorganizmlar va ularning tajriba hayvonlari turli organlarida unishi aniqlangan;
ilk bor grammanfiy bakteriyalarning translokatsiya bo‘lish qobiliyati grammusbat kokklar va anaerob mikroorganizmlarga nisbatan yuqoriligi aniqlangan;
o‘tkir ingichka va yo‘g‘on ichak tutilishlari modellarida BT rivojlanishi va intensivligini mikroorganizmlar assotsiatsiyalari ta’minlashi va monokul`tura ko‘rinishiga nisbatan ular ishonarli yuqoriligi aniqlangan;
o‘tkir ingichka va yo‘g‘on ichak tutilishi modellarida translokatsiya bo‘lgan mikroorganizmlarning unish foizi obturatsiya muddatlariga uzviy bog‘liqligi va unga to‘g‘ri praporsionalligi isbotlangan;
ilk bor BT fenomeni shakllanishi va rivojlanishida organizm immun tizimi faoliyati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tajribada oshqozon – ichak traktidan bakteriyalar translokatsiyasi mexanizmlarini majmuaviy baholash asosida:
tajribada translokatsiyaga qodir mikroorganizmlar va ularning organizm ichki a’zolaridan unish darajasini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan «Tajribaviy o‘tkir ingichka va yo‘g‘on ichak tutilishlarida bakterial translokatsiya intensivligini baholash mezonlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 sentyabdagi 8N-d/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tajribaviy tadqiqotlarda BT intensivligini aniq baholash imkonini yaratgan;
BT shakllanishi va rivojlanishini ta’minlovchi asosiy mikroorganizmlar peyzaji, ularning translokatsiya bo‘lish qobiliyati hamda BT intensivligini baholash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Toshkent davlat stomatologiya instituti amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 sentyabrdagi 8N-d/19-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar tajribaviy mikrobiologik tadqiqotlar samaradorligini oshirgan, tajribalarning sofligini ta’minlash hamda mikrobiologik tadqiqotlar o‘tkazishda oziq muhitlar va laboratoriya hayvonlarini tejash hisobiga tajribalarning har seriyasidan 696175 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini yaratgan.