Shakarbaev Ulug‘bek Abdulakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston shimoli-sharqiy suv havzalari mollyuskalarida (Gastropoda: Pulmonata) trematoda serkariyalarining faunasi va ekologiyasi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B22.
Ilmiy rahbar: Akramova Firuza Djaloliddinovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Islomjon Ilhomjonovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning shimoli-sharqiy chuchuk suv mollyuskalaridagi (Gastropoda: Pulmonata) trematodalar serkariyalarining taksonomik tarkibi va bioekologiyasini aniqlash hamda hayvonlar trematodozlarining oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning shimoli-sharqidagi suv havzalaridan Lymnaeidae va Planorbidae oilalariga mansub 13 turdan iborat chuchuk suv mollyuskalarining ro‘yxati tuzilgan;
mollyuskalarning turli taksonomik guruhlarga mansub trematoda serkariyalari bilan umumiy zararlanishi Lymnaeidae 10,7% va Planorbidae 17,8% ekanligi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonning shimoli-sharqidagi chuchuk suv mollyuskalarida 2 ta kenja sinf, 10 ta turkum, 12 ta oila, 20 ta avlodga mansub 25 ta tur trematoda serkariyalari faunasi aniqlangan, shulardan, O‘zbekiston faunasi uchun 1 ta tur (Cuclocoelum sp.) va hudud uchun 8 ta avlodga mansub 10 ta tur trematoda serkariyasi aniqlangan;
O‘zbekistonning shimoli-sharqida Calicophoron erschowi va Schistosoma turkestanicumtrematodalarining biologik sikli aniqlangan;
serkariya populyasiyalarning emissiya ritmlari, tashqi muhitda serkariyalar hayotining asosiy bosqichlari, xo‘jayin bilan o‘zaro aloqalari ochib berilgan;
ilk bor serkariyalarning xo‘jayin-umurtqalilar hayvonlarni zararlash strategiyasining asosiy tiplari ochib berilgan;
Radix auricularia mollyuskasi organizmiga Schistosoma turkestanicum trematoda lichinkalarining ta’siri asoslangan;
umurtqali hayvonlarning ayrim trematodoz kasalliklari bilan zararlanishida o‘z vaqtida himoya qilish va unga qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonning shimoli-sharqiy hududa serkariyalar faunasini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
yirik va mayda shohli hayvonlarning orientbil`garsioz parazitar kasalligini davolash va profilaktikasiga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 2 fevraldagi 02/12-46-son ma’lumotnomasi). Natijalar chorva mollarida orientbil`garsioz kasalligini 85,7-100% gacha bartaraf etish va chorva mollari mahsuldorligini oshirish imkonini bergan;
serkariyalarning xo‘jayin-hayvonlarni zararlash strategiyasining asosiy tiplari bo‘yicha ma’lumotlar veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 2 noyabrdagi 02/13-388-son ma’lumotnomasi). Natijalar chorva hayvonlarini fassiolyoz, shistosomoz (orientobil`garsioz) va paramfistomozlar kasalliklaridan himoya qilish va ularga qarshi kurashish imkonini bergan.
Gastropoda sinfining Pulmonata kenja sinfiga mansub 13 ta turga mansub 600 ga yaqin mollyuska namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 2 noyabrdagi 4/1255-2327-son ma’lumotnomasi). Natijalar mollyuskalar va mollyuska organizmidan ajralib chiqayotgan serkariyalarining tur xilma-xilligini hamda trematoda serkariyalarning ko‘payishi va rivojlanishi xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.