Yakubbekov Nodirbek Taxirbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Ko‘p koronar tomirli stentlangan yurak ishemik kasalligi xamda qandli diabetli bemorlarda prasugrelning samaradorligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2019.2. PhD/Tib876.
Ilmiy raxbar: Nikishin Aleksey Gennadievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiet markazi.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Alyavi Baxromxon Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p tomirli stentlash o‘tkazilgan, QDning 2-turi bilan kasallangan bemorlarda, dori vositalar metabolizmida ishtirok etuvchi genlar polimorfizmini inobatga olgan xolda, antiagregant terapiyani optimmallashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronar arteriyalari ko‘p tomirli shikastlangan YuIK bor bemorlarda Prasugrel bilan terapiya o‘tkazilganida genotipga bog‘liqlikdagi antiagregant javobni kompleks baholash o‘tkazilgan;
koronar arteriyalari ko‘p tomirli shikastlangan QD bor bemorlarda Villebrand omilining kollagen-induksiyalangan va araxidon-induksiyalangan agregatsiyaga ta’siri baxolangan;
QD bilan kasallangan bemorlarda, kasallik stajidan kelib chiqqan xolda, trombotsitlar agregatsion faolligining xususiyatlari, glikirlangan gemoglobin darajasi va prasugrelning klopidogrel bilan taqqoslagan xolda, samaradorligi ko‘rsatilgan;
arteriyalari ko‘p tomirli shikastlangan QD bor bemorlarda prasugrelning farmakogenetikasi baxolangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
ko‘p tomirli stentlash o‘tkazilgan, QDning 2-turi bilan kasallangan bemorlarda, dori vositalar metabolizmida ishtirok etuvchi genlar polimorfizmini inobatga olgan xolda, antiagregant terapiyani samaradorligini baxolash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
YuIK va QD mavjud bemorlarda prasugrel va klopidogrelning trombotsitlar agregatsion faolligiga ta’sirining samaradorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalar asosida ishlab chiqarilgan «Koronar arteriyalarida ko‘plab tomirlari shikastlangan qandli diabeti bor bemorlarda antiagregant terapiyaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyuldagi 8n-z/253-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ko‘p tomirlari stentlangan, YuIK va QDning 2-turi mavjud bemorlarda klopidogrelga nisbatan paydo bo‘ladigan rezistentlik xavfini prognozlashga imkon berib, davolash uslublarini optimallashtirishga yordam bergan.
YuIK va QD mavjud bemorlarda prasugrel va klopidogrelning trombotsitlar agregatsion faolligiga ta’sirining qiyosiy samaradorligiga qaratilgan tadqiqot natijalari Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Sirdaryo va Toshkent viloyati kardiodispanserlari faoliyatiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/181-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga tadbiq etilishi natijasida antiagregantlarga nisbatan paydo bo‘ladigan rezistentlikni erta aniqlash imkoni tug‘ildi hamda YuIK bor bemorlarda, koronar arteriyalari stentlanganidan so‘ng sodir bo‘luvchi asoratlarning profilaktikasining optimallashtirishga imkon bergan.