Abdullaeva Saodat Yashinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Yoshi ulug‘ bemorlarda toj tomirlarning ko‘p tomirlik va/yoki bosh tomir torayishi bulganda turli variant (invaziv va dorili) davolashning solishtirma samaradorligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2018.4.PhD /Tib 719.
Ilmiy raxbar: Nikishin Aleksey Gennadievich, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiet markazi.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30,12.2019.Tib,64.01
Rasmiy opponentlar: Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Alimov Daniyar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p tomirli shikastlanishi va/yoki koronar arteriyalar (KA) o‘zagi stenozi bor keksa bemorlarda bir yillik ma’lumotlar prognozi bo‘yicha turli (medikamentoz va invaziv) terapiya strategiyalarini tanlashga ko‘rsatmalarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘p tomirli shikastlanishi va/yoki koronar arteriyalar (KA) o‘zagi stenozi bor keksa bemorlarda olingan yangi prediktorlarni hisobga olgan holda terapiyaning turli (medikamentoz va invaziv) strategiyalari baxolangan;
xududiy amaliyotda bemorlarning katta miqdorida keksa kishilarda YuIK kechishi va kasallikni davolashning uchta asosiy strategiyasi oqibatlari baxolangan;
ilk bor turli davolash strategiyalari uchun noxush prognozi tahlili o‘tkazilgan va uning avval keng qo‘llanilmagan bir qator prediktorlari - yurak ritmi variabelligining pasayishi, eritrotsitlar chukish tezligi, S-rektiv oksilning, glyukoza va glikirlangan gemoglobinning oshishi aniklangan;
koronar oqimning ko‘p tomirli shikastlanishi bor bemorlarning davolanishga moyilligi, shuningdek, o‘tkazilgan KSh va TOKA ning komplaensga ta’siri baholangan..
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Ko‘p tomirli shikastlanishi va/yoki koronar arteriyalar o‘zagi stenozi bor keksa bemorlarda turli davolash variantlari (invaziv va medikamentoz) samaradorligini aniklash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
YuIK bilan kasallangan kup tomirli shikastlanishli yoshi ulug bemorlarda ularning xaetini prognozini aniklash buyicha ilmiy tadkikotning natijalari asosida ishlab chikilgan “Koronar oqimning ko‘p tomirli shikastlanishi bor keksa bemorlarda “KROMKA” asoratlar xavfi kal`kulyatorini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/487-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma YuIK bor yoshi ulug bemorlarning xaet prognozini aniklashga imkon bergan;
YuIK bilan kasallangan kup tomirli shikastlanishi bor bemorlarda tanlangan strategiyaga asoslanib davolashga moyillikni, xaet sifatini va prognozini bashoratlash buyicha olib borilgan tadkikotning ilmiy natijalari soglikni saklash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati kardiologik dispanseri va Respublika Endokrinologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yilning 08-09/3724-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning tibbiyot amaliyotiga tatbik kilinishi koronar oqimning ko‘p tomirli shikastlanishi bor keksa bemorlarda asoratlar xavfini baholashni optimallashtirishga yordam berdi, bu esa hayot sifatini yaxshilashga, gospitalizatsiyalar sonini kamaytirishga imkon berdi.