Amirov Obek Olimjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hayvonlari paraziti Ostertagia Ransom, 1907 avlodi nematodalarining faunasi va sistematikasi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.1.PhD/B20.

Ilmiy rahbar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.

Rasmiy opponentlar: Pazilov Abduvasit, biologiya fanlari doktori; Abduraxmonova Gulnora Abduraxmonovna, biologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Ostertagia avlodi nematodalari tur tarkibi va ular orasidagi filogenetik aloqalarni aniqlash, polimorf turlarni molekulyar identifikatsiyalash hamda ostertagiozga qarshi kurash choralarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston kavsh qaytaruvchi hayvonlar paraziti Ostertagia avlodi nematodalarining tur tarkibi va sistematik o‘rni isbotlangan;

turlarning anatomik-morfologik xususiyatlari va avlodning polimorf turlari aniqlangan;

ilk bor O‘zbekiston hududidagi qo‘y va echkilarda O. aegagrining parazitlik qilishi aniq-langan;

Ostertagia ostertagi va O. lyrata polimorf turlarining ribosomal DNKsi ITS-2 sohasi asosida turlarning mustaqilligi isbotlangan;

Ostertagia avlodi va unga yaqin bo‘lgan boshqa ostertagin guruhi vakillarining o‘zaro filogenetik aloqalari ochib berilgan;

ostertagiyalarning definitiv xo‘jayin yoshi, yil fasllari va iqlim mintaqalariga bog‘liq ravishda zararlanish dinamikasi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekiston hayvonlari paraziti Ostertagia Ransom, 1907 avlodi nematodalarining faunasi va sistematikasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:

kavsh qaytaruvchilar hazm qilish organlarining asosiy nematodozlariga qarshi kurash chora-tadbirlari asosida Ostertagia avlodi nematodalariga qarshi antigel`mint preparatlari veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 21 iyuldagi 02/13-50-son ma’lumotnomasi). Natijalar qishloq xo‘jaligi hayvonlari nematodozlarini 80–100% gacha bartaraf etish va ularning mahsuldorligini oshirish imkonini bergan.

Ostertagia avlodi nematoda turlarining nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi Genbanki ba’zasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, blast.ncbi.nlm.nih.gov). Natijalar asosida Ostertagia ostertagi – KX929994, O. lyrata – KX929995, O. grȕhneri – MF351872 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqiyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.

Trichostrongilidae oilasi ostertagiya avlodi nematodalarining Ostertagia ostertagi, O. gruhneri, O. aegagri, O. volgensis, O. argunica va O. lyratadan iborat namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 3 noyabrdagi 4/1255-2344-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiyadagi nematodalar fondini boyitish va parazit gel`mintlarni sistematik, toksonomik hamda molekulyar-genetik tahlil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish