Abduraimov Ozodbek Sultonqulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqumda tarqalgan Tulipa L. turkumi turlarining biologik xususiyatlari va senopopulyasiyalarining holati», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B59.

Ilmiy rahbar: Shomurodov Xabibullo Fayzulloevich, biologiya fanlari nomzodi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Pechenisin Vladimir Petrovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nigmatullaev Alim Magmurovich, biologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqumda tarqalgan Tulipa L. turkumi turlari senopopulyasiyalarining zamonaviy holatini baholash hamda muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qizilqumda tarqalgan Tulipa L.turkumiturlarining turli ekologik-fitotsenotik sharoitlarda 39 ta senotik populyasiyalari aniqlangan;

Tulipa turkumi turlarining ontogenez bosqichlari aniqlangan;

Tulipa turkumi turlarining mavsumiy rivojlanish ritmi aniqlangan;

senopopulyasiyalarning ontogenetik strukturalari hamda yosh tiplari ochib berilgan;

organizm va populyasion belgilar asosida senopopulyasiyalarning zamonaviy holati baholangan;

senopopulyasiyalarning tarqalishi va ularning vitalitet holatini aks ettiruvchi GAT xaritalari tuzilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qizilqumda tarqalgan Tulipa L. turkumi turlari biologiyasi va senopopulyasiyalari holatini tadqiq qilish doirasida olingan natijalar asosida:

Qizilqumda tarqalgan Tulipa turkumi turlari populyasiyalarining zamonaviy holati, tarqalish xaritalari va muhofazasiga doir ma’lumotlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 9 noyabrdagi 03-01/12-5810-son ma’lumotnomasi). Natijalar Tulipa turkumi turlari populyasiyalarining hozirgi holatini baholash va muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

Qizilqumda tarqalgan Tulipa turkumi turlarining populyasiyalari, fenologiyasiga va biometriyasiga doir ma’lumotlar “Letopis` Prirodi Evrazii” loyihasida lola turlari populyasiyalarini baholash va saqlab qolishda foydalanilgan (Finlandiya, Xel`sinki universitetining 2017 yil 27 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijalar Tulipa turkumi turlari populyasiyalari holatini monitoring qilish va muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

Qizilqumda tarqalgan Tulipa turkumi turlari bo‘yicha olingan natijalar A-5-004- raqamli “O‘simliklarni identifikatsiyalash axborot-tanib oluvchi tizimining dasturiy-algoritmik ta’minotini ishlab chiqish” loyihasida Tulipa turkumi turlarini identifikatsiyalash va tasniflashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 sentyabrdagi FTA-02-11/748-son ma’lumotnomasi). Natijalar Tulipa turkumi turlarini morfologik va biometrik belgilarni tahlil qiluvchi, gerbariy namunalarini turlar bo‘yicha tasniflovchi hamda identifikatsiyalash uchun xizmat qiluvchi «Tulipa Recognized» dasturiy vositasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish