Sadikov Jaxongir Nasirdjanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida yoyilishga chidamli eritib qoplash uchun elektrodlarni ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1589.
Ilmiy rahbar: Ermatov Ziyadulla Dosmatovich, texnika fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mineral xomashyosi asosida shlak bazasini va eyilishga bardoshli qoplama uchun elektrodlar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoyli dastakli eritib qoplash elektrodlari qoplamasining tarkibi kremniy karbidi, korund, grafit, marmar, pegmatit va kvars qumining abraziv materiallar bilan ishqalanish sharoitida cho‘kindi metallning eyilishga qarshiligini oshirish qonuniyati asosida ishlab chiqilgan; 
CaO-SiO2-Al2O3 shlakli asosning takomillashtirilgan tarkibi shlak tizimining yoyli dastakli eritib qoplash elektrodlarining erish diagrammasi asosida ishlab chiqilgan;
yoyli dastakli eritib qoplash elektrodlari qoplamasining gaz hosil qiluvchi komponentlarining tarkibi azot, kislorod va vodorodlarning singuvchanlik xossalarining haroratga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
yotqizilgan metallning hosil bo‘lish jarayonining matematik modeli elektrod qoplamasi tarkibidagi deoksidlovchi moddalarning teplofizik xossalariga bog‘liq holda ishlab chiqilgan;
natriy va kaliy oksidlarining kiritilishining eyilishga bardoshli qoplamali elektrodlarning xususiyatlariga ta’siri CaO-SiO2-Al2O3 shlak tizimining fizik va texnologik xossalari asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eyilishga bardoshli qoplama yotqizish uchun mahalliy xomashyodan elektrod qoplamalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elektrodlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya “Toshkent quvur zavodi” MChJ QK ga joriy qilingan (2020-yil 16-iyuldagi 01/193-01-01 ma’lumotnoma, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJ) Natijada, abraziv materiallar bilan ishqalanish sharoitida yotqizilgan metallning eyilishga bardoshligi 13-15% ga oshgan;
CaO-SiO2-Al2O3 shlak tizimining erish diagrammasi bo‘yicha tanlangan mahalliy ruda-mineral materiallardan tayyorlangan yoyli dastakli eritib qoplash elektrodlarining shlakli asosining takomillashtirilgan tarkibi "Toshkent quvur zavodi" MChJ QKda joriy etilgan (2020-yil 16-iyuldagi 01/193-01-01 ma’lumotnoma, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJ). Natijada, payvand birikmalarning mustahkamligi 9-11% ga oshgan; 
yoyli dastakli eritib qoplash elektrodlari qoplamasining gaz hosil qiluvchi komponentlarining tavsiya etilgan tarkibi “Toshkent quvur zavodi” MChJ QKda joriy etilgan (2020-yil 16-iyuldagi 01/193-01-01 ma’lumotnoma, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJ). Natijada payvandlangan metall tarkibidagi azot, kislorod va vodorod miqdori 8-10% ga kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish