Shermatova Iroda Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yashil sintez usulida kumush nanozarrachalarini olish va ularning asosida dori shakli texnologiyasi», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Far49.
Ilmiy rahbar: Ismailova Moxinur Gafurovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iskandar ko‘kamaroni quruq ekstrakti va kumush nanozarrachalarini saqlagan dorivor substansiyani va uning asosida yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi gel dori shaklini texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «yashil sintez» usulida kumush nanozarrachalarini olishda qayta tiklovchi vosita sifatida Iskandar ko‘kamaroni ekstraktini qo‘llash mumkin ekanligi isbotlangan;
kumush nanozarrachalarini saqlovchi dori substansiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
substansiyaning grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga ta’siri mikrobiologik usul bilan aniqlangan;
mikrob va zamburug‘larga qarshi faollikga ega bo‘lgan, tarkibida kumush nanozarrachalar saqlagan gel dori shaklini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan gel shaklidagi dori preparatining o‘ziga xos faolligi va zararsizligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yashil sintez usulida kumush nanozarrachalarini va ularning asosida dori shaklini texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Iskandar ko‘kamaroni o‘ti quruq ekstrakti kumush nanozarrachalari bilan» dorivor substansiyasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (VFM 42 Uz–4557-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, DV/M 03805/04/21). Natijada, teri kasalliklarida qo‘llaniladigan mahalliy dori vositalarni yaratish uchun substansiya ishlab chiqarish imkonini bergan;
«S-SILVER» geli uchun korxona farmakopeya maqola loyihasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tqazish uchun taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati; «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2020 yil 20 oktyabrdagi 29/01-425-son xati). Natijada, teri kasalliklarini samarali va xavfsiz davolash imkonini beradi;
o‘tqazilgan klinik oldi sinovlar natijasida substansiya va uning asosida olingan gelning spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli antibakterial faollikga ega bo‘lgan xavfsiz dorilarni ishlab chiqarish imkonini bergan.