Urazbaev Ismatulla Ummatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar qoplami strukturasi va ularning unumdorligini baholash», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/B31.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘ziev Ramazon Qo‘zievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Hamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdullaev Anvar Xaydarovich, biologiya fanlari doktori; Isag‘aliev Murodjon To‘ychiboevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent vohasining tog‘ oldi va tog‘ osti tekisligi tuproq qoplami strukturasining shakllanish qonuniyatlarini aniqlash, g‘o‘za va sabzavot ekinlari uchun bonitirovkalash koeffisientlarini ishlab chiqish, sug‘oriladigan tipik bo‘z va o‘tloqi tuproqlar unumdorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent vohasi tog‘ oldi va tog‘ osti tekisligidagi tuproqlar qoplami strukturasining (TQS) genetik xususiyatlari va elementar tuproq areallarining (ETA) genetik va geokimyoviy bog‘lanishlari rel`efning murakkabligiga bog‘liqligi isbotlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z va o‘tloqi tuproqlarining xossa-xususiyatlari bilan g‘o‘za va sabzavot ekinlari hosildorligi o‘rtasidagi korellyason bog‘lanishlar aniqlangan;
eroziyaga uchragan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlardagi g‘o‘za ekiladigan tuproqlar unumdorligini baholashning bazaviy shkalasi takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlardagi sabzavot ekinlari etishtiriladigan tuproqlar unumdorligini baholashning bazaviy shkalasi ishlab chiqilgan;
agroekologik omillardan – qiyalikning tikligi va joylashishi, tuproq omillari – yuvilish darajasi, zichligi, gumus zahirasi, oziq elementlar miqdori, sho‘rlanish darajasi, berch qatlamining joylashishi, gipslashganlik darajasi va gips qatlamining joylashishi xossalari bo‘yicha bonitirovka koeffisientlari ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlardagi g‘o‘za va o‘tloqi tuproqlardagi sabzavot ekilgan kalit maydonlar tuproqlarining unumdorlik darajasi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar qoplami stukturasining shakllanish qonuniyatlarini aniqlash va tuproq unumdorligini baholash yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar asosida:
sug‘oriladigan tipik bo‘z va o‘tloqi tuproqlarning unumdorlik darajasini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan bazaviy shkala va bonitirovkalash koeffisientlari «O‘zbekiston Respublikasida tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va materiallarini tasdiqlash tartibi»ning («Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tomonidan 1999 yil 29 aprelda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999 yil 18 mayda 732-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 9-bandiga muvofiq Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashining qarori bilan tasdiqlangan (2013 yil 5 iyundagi 22-13-son bayonnomasi). Ushbu koeffisientlar g‘o‘za ekiladigan sug‘oriladigan tipik bo‘z va sabzavot ekiladigan o‘tloqi tuproqlarning unumdorlik darajasini baholashga xizmat qilgan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning unumdorlik darajasini baholash bo‘yicha takomillashtirilgan bazaviy shkala va bonitirovkalash koeffisientlari Toshkent viloyati Chinoz va Yangiyo‘l tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarining 21140,0 gektar g‘o‘za ekilgan tuproqlarini unumdorlik darajasini baholashda joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017 yil 03 oktyabrdagi 03-05-8425-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tipik bo‘z tuproqlarning o‘rtacha boniteti 4–6 ballga va har gektardan olinadigan g‘o‘za hosildorligi 1,6–2,4 sentnerga oshishiga erishilgan;
och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining unumdorlik darajasini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan bazaviy shkala va bonitirovkalash koeffisientlari Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaliklarining 5,0 ming gektar er maydonidagi kartoshka, karam, pomidor va piyoz etishtiriladigan tuproqlarining unumdorlik darajasini baholashda joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017 yil 03 oktyabrdagi 03-05-8425-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘tloqi tuproqlarning o‘rtacha boniteti 8–10 ballga va gektariga hosildorlikni kartoshkada 9,5–12,0 sentner, karamda 26,0–32,5 sentner, pomidorda 23,0–29,5 sentner va piyozda 17,5–22,0 sentnerga oshishiga erishilgan.