Azizov Elbek Usmonjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarida qonunlar ijrosini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu237.
Ilmiy rahbar: Ganiev Sherzod Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarida qonunlar ijrosini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosa, taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik monitoringi va ichki ishlar organlarining hisobdorligi tizimda qonunlar ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmi ekanligi asoslangan;
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron ma’lumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlashtirish asosida “E-ichki ishlar organlari” markazlashgan axborot tizimini, shuningdek barcha axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali Ichki ishlar vazirligining Ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazini yaratish qonunlar ijrosining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan; 
qonunlar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirishning asosiy omili sifatida tizim uchun “Tashkiliy-shtab faoliyati” ixtisosligi yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati isbotlangan;
huquqiy monitoring IIV Tashkiliy departamentining asosiy faoliyat yo‘nalishi sifatida ichki ishlar organlarida qonunlar ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ichki ishlar organlarida qonunlar ijrosini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
jamoatchilik monitoringi va fuqarolar yig‘ini oldida ichki ishlar organlarining hisobdorligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-son qonunining 11 va 14-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 05/1-01-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar ijrosini samarali tashkil etishga, shuningdek  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron ma’lumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlashtirish asosida “E-ichki ishlar organlari” markazlashgan axborot tizimini yaratish, shuningdek ichki ishlar organlarining barcha axborot tizimlarini integratsiya qilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining Ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazini yaratishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son qarorining 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 6/1752-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish orqali tizimda qonunlar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
qonunlar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirishning asosiy omili sifatida “Tashkiliy-shtab faoliyati” ixtisosligi yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) ro‘yxati”ning 1-qismi ettinchi bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 6/1752-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlarining qonunlar ijrosini ta’minlash faoliyati uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuviga xizmat qilgan;
huquqiy monitoringni ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 7 sentyabrdagi 244-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 6/254-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar tizimda qonunlar ijrosini ta’minlash jarayonida qonunlarning ishlamayotgan normalarini aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish va qonunchilikka o‘zgartirish hamda qo‘shmchalar kiritib borishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish