Usmonqulov Sharofjon Qodirqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘quv mashinalarida yangi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish hisobiga trikotaj mahsulotlari sifatini yaxshilash va issiqlik saqlash xususiyatini oshirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T148.
Ilmiy rahbar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Sanovar Ataevna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: trikotaj to‘quv mashinalarida yangi tuzilishga ega bo‘lgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish hisobiga trikotaj mahsulotlari sifatini yaxshilash va issiqlik saqlash xususiyatini oshirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlamlari qo‘shimcha ip yordamida biriktirilgan va qo‘shimcha ip sifatida yuqori cho‘ziluvchan laykra ipidan foydalanib yangi tuzilishga ega bo‘lgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yassi ignadonli fang mashinasida yuqori ish unumdorlikka ega bo‘lgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini olish usuli ishlab chiqilgan;
disk va silindr halqalarini tortish zonasi tahlili asosida aylana ikki ignadonli mashinaning tortish mexanizmi takomillashtirilgan;
aylana ignadonli to‘quv mashinasining tortish mexanizmi parametrlari bog‘liqlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
issiqlik saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan tukli va futerli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
ikki qatlamli futerli trikotaj to‘qimalarini yangi tuzilishiga va olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Ikki qatlamli futerli trikotajni olish usuli», №IAP 05266-2016y.). Ushbu to‘qima futer asosidagi ikki qatlamli trikotaj sifatini yaxshilashga va xomashyo sarfini kamaytirishga imkon beradi;
ikki qatlamli tukli trikotaj to‘qimalarini yangi tuzilishiga va olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Ikki qatlamli tukli trikotajni olish usuli», №IAP 05269-2016y). Natijada trikotajning tuk iplari asos iplari bilan mustahkam o‘rnashishiga va issiqlik saqlash xususiyatini oshirishga imkon beradi;
yangi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi «Sedat Triko Tashkent» MChJ qo‘shma korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 27 oktyabrdagi DM-156-son ma’lumotnomasi). Natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish trikotaj to‘qimasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, xomashyo sarfini 15% gacha kamaytirish, mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan ichki va tashqi bozor hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.