Xalimova Dilrabo Jalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bel og‘rig‘i: sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiy bo‘g‘ini darajasida tashxislash va davolash algoritmlarini ishlab chiqish” 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib1186/
Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘rinov Muso Boltaevich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: birlamchi tibbiy bo‘g‘indagi umumiy amaliyot shifokori amaliyotida belning pastki qismida og‘riqlar paydo bo‘lishi va klinik tuzilishini tahlil qilish va umumiy amaliyot shifokori tomonidan ushbu bemorlarni tekshirish va davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shahar va qishloq aholisi, ayollar va erkaklar, uyushgan va uyushmagan aholi orasida dorsalgiya sindromining tarqalishi, shuningdek, shahar va qishloq aholisining bel qismidagi og‘riq sindromining klinik va patogenetik tuzilishi o‘rganilgan;
ilk bor birlamchi tibbiy bo‘g‘indagi umumiy amaliyot shifokori uchun bel og‘rig‘i jarayonini boshqarishning zamonaviy tamoyillari joriy etilib, bu o‘z navbatida ularning ishiga ilmiy yondashuvlarni yanada tadbiq etishiga yordam bergan;
bemorlarda bel og‘riqni aniqlash va asosiy sog‘liqni saqlash darajasida boshqaruv taktikasini tanlash uchun elektron dasturiy ta’minot yaratilgan;
ilk bor birlamchi tibbiy bo‘g‘ini amaliyotida beldagi og‘riqlarni davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bel og‘rig‘i: sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiy bo‘g‘ini darajasida diagnostika va davolash algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birlamchi tibbiy bo‘g‘inda bel og‘rig‘ini klinik simptomlarini erta aniqlash bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlar asosida “Beldagi og‘riqlarni birlamchi tibbiy bo‘g‘inlarda tashxislash, sindrom va simptomlarini davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/912-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma birlamchi tibbiy bo‘g‘inda beldagi og‘riqlarni tashxislash, sindrom va simptomlarni davolash usullaridan foydalanish imkonini bergan;
bemorlarda bel og‘riqlarni davolash va profilaktika qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida “Beldagi og‘riqlarni aniqlash, tashxislash, davolash va profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 noyabrdagi 8n-r/1025-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma beldagi og‘riqlarni aniqlash, tashxislash, davolash va profilaktik chora tadbirlarni optimallashtirish usullaridan foydalanish imkonini bergan;
ilmiy ishning natijalari Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-va 8-son oilaviy poliklinikalar amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 18 noyabr 8n-z/439-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bel og‘rig‘i bilan kasallangan bemorlarni aniqlash, kasallik asoratlarini va nogironlikni kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.