Latipov Orif Zaripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): usullarini takomillashtirish”, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2159.
Ilmiy rahbar: Safoev Boqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori, Teshaev Oktyabr` Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ambulator sharoitlarda abakterial muhitni qo‘llash yo‘li bilan yiringli jarrohlik kasalliklariga ega bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik tadqiqotlar bilan ambulator sharoitda panjaning yiringli jarrohlik kasalliklariga ega bemorlarni davolashda abakterial muhitni qo‘llash samaradorligi aniqlangan;
klinik tadqiqotlar asosida panjasida yiringli-nekrotik kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash kompleksida abakterial muhitni mahalliy qo‘llash samaradorligi asoslangan;
abakterial muhit ko‘proq yarani tozalanishiga ta’sir qilishi hamda reparativ jarayonni yaxshilashi, bu bilan panjasida yiringli jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash muddatlarini 2-3 kunga qisqartirishi asoslangan;
panjaning yiringli jarrohlik kasalliklariga ega bemorlarni davolash usuli sifatida abakterial muhitdan foydalanishning sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Panjaning yiringli jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini panjaning yiringli jarrohlik kasalliklarini davolashda abakterial muhitdan foydalanish yo‘li bilan yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
panjaning yiringli jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yaralarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqarilgan “Panjaning yiringli jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yaralarni davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 4-oktyabrdan 8n-r/1042-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma panjaning yiringli jarrohlik kasali bo‘lgan bemorlarda abakterial muhitni qo‘llashda asoratlarning oldini olish imkonini bergan;
panarisiyaning turli shakllaridagi bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqarilgan “Panarisiyaning turli shakllariga ega bemorlarni davolash usuli” mavzusida uslubiy tavsiya tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdan 8n-r/1043-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya panjaning yiringli jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yaralarni bitish dinamikasini baholash imkonini bergan;
Davolash va diagnostika natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan tadqiqot ma’lumotlari amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Kogon tuman tibbiyot birlashmasi va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasining amaliy-davolash va davolash faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2021-yil 3-dekabrdan 8n-z/515-son xulosasi). Amaliyotda tajribaviy va klinik tadqiqotlar bilan panjaning turli etiologiyali yiringli jarrohlik kasalliklaridan so‘ng dimetilsul`foksidning 25% eritmasi bilan abakterial muhitni qo‘llash samaradorligini aniqlangan. Tadqiqot natijasida panjaning yiringli-nekrotik kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash hamda dimetilsul`foksid eritmasi bilan abakterial muhitni qo‘llashning optimal usuli ishlab chiqilgan, u yara jarayonlari fazasining almashishi tezlashishiga ko‘maklashadi va bu bilan panjaning yiringli jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolanish muddatini 3 sutkagacha qisqarishiga olib kelgan.