Kim Ol`ga Vladislavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vertebro-bazilyar etishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarda venoz qon aylanishi buzilishlarining klinik-patogenetik va neyrofiziologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib920.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vertebro-bazilyar etishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarda miya venoz qon aylanishi buzilishlarini erta aniqlash va davolashni optimallashtirish maqsadida klinik, nevrologik va neyrofiziologik xususiyatlarini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vertebro-bazilyar etishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarda umurtqa venasining oqimi turg‘unligi xisobiga diametri o‘zgarishi bilan depressiya sindromining og‘irlik darajasi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
bosh miya venoz qon aylanishi buzilishi bilan kechadigan vertebro-bazilyar etishmovchiligi bor bemorlarda umurtqa va bazal venalarining maksimal tezligi xamda miyacha-diskoordinator simptomlarning og‘irligi kuchayishi aniqlangan;
vertebro-bazilyar etishmovchiligi va miya venoz qon aylanishining buzilishi bilan kasallangan bemorlarda to‘r parda angiopatiyasi bilan miyacha-diskoordinator simptomlarning og‘irlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
miya venoz qon aylanishi buzilgan vertebro-bazillyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda sefalgik va xavotirlik-depressiv sindromini davolashda transkranial magnit stimulyasiyasini qo‘llash samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miya venoz dissirkulyasiyasida vertebro-bazilyar etishmovchilikni davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vertebro-bazilyar etishmovchilik bor bemorlarda miya venoz qon aylanishi buzilishlari diagnostika usullarini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Vertebro-bazilyar etishmovchilik bor bemorlarda miya venoz qon aylanishi buzilishlarini tashxislashga kompleks yondashuv algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8n-z/325-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma vertebro-bazilyar etishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yish, venoz dissirkulyasiyaning differensial diagnostikasi sifatini yaxshilash imkonini bergan;
transkranial magnit stimulyasiyasi kiritilgan holda vertebro-bazilyar etishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash buyicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Transkranial magnit stimulyasiyasi kiritilgan holda vertebro-bazilyar etishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8n-z/325-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miya venoz qon aylanishi buzilishlarini davolash usullarini yaxshilash imkonini bergan;
vertebro-bazilyar etishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarda miya venoz qon aylanishi buzilishi tashxisini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘likni saqlash amaliyotiga, jumladan Milliy nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, “NEYROMED SERVIS” MChJ va Samarqand davlat tibbiyot institutining 1 klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 08-09/20113-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari vertebro-bazilyar etishmovchilikni tashhislash usullarini takomillashtirish, kasallikning qon tomir komponentining (arterial va/yoki venoz) namoyon bo‘lish vaqtini kamaytirish, shuningdek, davolanish samaradorligini oshirish, davolanish muddatini qisqartirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.