Davranova Aziza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z olmasi va yordamchi organlarining o‘tmas vositalardan jarohatlanish xolatlarida tirik shaxslar sud tibbiy ekspertizasi (guvoxlantirilishi)» 14.00.24 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1273.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xvan Oleg Innokentievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Beknazarov Shokir Yuldashevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘z olmasi va yordamchi organlarning to‘mtoq vositalardan jarohatlanish xolatlarida tirik shaxslarda shikastlar mexanizmi va og‘irlik darajasini aniqlashga doir sud tibbiy tekshiruvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z olmasi va uning yordamchi organlari tuzilmalarining turli xildagi o‘tmas vositalardan jarohatlanishlari tizimlashtirilgan;
ko‘z olmasi va uning yordamchi organlari tashqi va ichki tuzilmalarining jarohatlanishlari, asoratlari hamda ularning natijalari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlar va farqlanishlari asoslangan;
jarohatlanish va asoratlarning xususiyati hamda yaqin va uzoq oqibatlariga asoslangan ko‘z olmasi va uning yordamchi organlari tuzilmalarining turli tabiatdagi alohida va qo‘shma jarohatlanishlarning og‘irlik darajasini aniqlash mezonlari ochib berilgan;
ko‘z olmasi va uning yordamchi organlarning alohida o‘tmas vositalardan jarohatlarining shakllanish mexanizmi asosan chegaralangan yassi yuzali o‘tmas asbob (qurol)ning bevosita zarba ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘z olmasi va uning yordamchi organlari to‘mtoq jarohatlari holatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘z olmasi va uning yordamchi organlari to‘mtoq jarohatlari holatlarida tirik shaxslarni sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ko‘z olmasi va yordamchi organlari mexanik jarohatlarida tirik shaxslarni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish (guvoxlantirilish) tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 sentabrdagi 8n-r/771-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘z olmasi va uning yordamchi organlari mexanik jarohatlarida tirik shaxslarni sud-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni takomillashtirish imkonini bergan;
ko‘rish a’zolarining to‘mtoq mexanik jarohatlarda ko‘z olmasining tuzilmalari va uning yordamchi organlari zararlanish jihatlarining erta aniqlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ko‘z olmasi va uning yordamchi organlari mexanik jarohatlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 8n-r/772-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rish a’zolarining to‘mtoq mexanik jarohatlarda ko‘z olmasining tuzilmalari va uning yordamchi organlari zararlanish jihatlarining erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonini bergan;
ko‘z olmasi va yordamchi organlarning to‘mtoq vositalardan jarohatlanish xolatlarida tirik shaxslarda shikastlar mexanizmi va og‘irlik darajasini aniqlashga doir sud tibbiy tekshiruvlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Samarqand va Navoyi viloyat filiallari ambulatoriya bo‘limlari ekspertiza amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 dekabrdagi 08-09/21062-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashxis qo‘yish vaqtini qiskartirish, iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish va sud-tibbiy tadqiqotlar sifatini oshirish imkonini bergan.