Nosirov Faxriddin Jaylovovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi konstruksion va texnologik echimlarni qo‘llagan holda nasos stansiyalari ekspluatatsion samaradorligini oshirish», 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.1.DSc/T211
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muxammadiev Muradulla Muxammadievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Yangiev Asror Abdixamidovich – professor, texnika fanlari doktori; Shakirov Baxtiyar Maxmudovich – dotsent, texnika fanlari doktori; Xo‘jakulov Rustam – professor, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalar ekspluatatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi konstruksiya va texnologik echimlarni ishlab chiqish va ularning texnik, gidravlik, energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos stansiyalar avankamerasida loyqa zarrachalari konsentratsiyasini va ularning noaniq shaklini hisobga oladigan zarrachalarning cho‘kish traektoriyasini ifodalovchi yangi analitik tenglama olingan;
nasos stansiyasi avankamerasida suv oqimini turbulentlash usuli bilan loyqa cho‘kishining oldini olish bo‘yicha yangi qurilma ishlab chiqilgan;
nasos stansiyasi avankamerasida suv oqimini turbulentlash usuli bilan loyqa cho‘kishining oldini olish qurilmasi napor-suv sarfi xarakteristikasini aniqlash metodikasi takomillashtirilgan va oqimning turbulizatsiyasi hosil qilingan maydon o‘lchamining loyqa cho‘kishining oldini olish qurilmasi napor-suv sarfi qiymatlariga bog‘liqligini ifodalovchi yangi tenglama olingan;
nasos stansiyasi avankamerasini loyqa cho‘kmalaridan grunt nasos yoki ejektor yordamida tozalash qurilmalari sxemalari ishlab chiqilgan va bu qurilmalar parametrlarini  aniqlash metodikalari asosiy nasos agregati bilan loyqa tozalash qurilmasining birgalikdagi ishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
nasos stansiyasining suv berish unumdorligini gidrooqimchali nasosdan foydalanish hisobiga oshirish qurilmasi sxemasi va uning asosiy parametrlarini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nasos stansiyalari-ning ekspluatatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi konstruksiyalar, texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasos stansiyalari suv qabul qilish inshootida loyqa zarrachalari cho‘kishining oldini olish konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (“Suv qabul qilish inshooti” № FAR 00238 (RUz), Byul. № 2, 2006 y.). Natijada nasos stansiyasi suv qabul qilish inshooti tubida loyqa cho‘kishining oldini olish va agregatlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
nasos stansiyasi suv berish unumdorligini oshirish qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (“Suv qabul qilish inshooti” № FAP № 01200, Byul. №5, 2017. y.). Natijada nasos stansiyasi suv berish unumdorligini 15 % gacha oshirish imkoniyati yuzaga kelgan;
nasos stansiyalari avankamerasida loyqa zarrachalari cho‘kishining oldini olish qurilmasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Surxondaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalarida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18-noyabrdagi 03/27-3366-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasi avankamerasini loyqa cho‘kmalaridan tozalash xarajatlari va elektr energiyasi isrofining kamayishi hisobiga nasos stansiyasida yiliga 40...250 mln. so‘mni tejash imkoni yuzaga kelgan;
nasos stansiyalari avankamerasida loyqa zarrachalari cho‘kishining oldini olish qurilmasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Surxondaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi “Yoshlik” nasos stansiyasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18-noyabrdagi 03/27-3366-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasi avankamerasini loyqa cho‘kmalaridan tozalash xarajatlari va elektr energiyasi isrofining kamayishi hisobiga nasos stansiyasida yiliga 5...15 % ekspluatatsiya xarajatlarini tejash imkoni yuzaga kelgan;
nasos stansiyalari avankamerasida loyqa zarrachalari cho‘kishining oldini olish qurilmasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18-noyabrdagi 03/27-3366-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasi avankamerasini loyqa cho‘kmalaridan tozalash xarajatlari va elektr energiyasi isrofining kamayishi hisobiga nasos stansiyasida 5...15 % ekspluatatsiya xarajatlarini tejash imkoni yuzaga kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish