Abdukayumov Ayubxan Melisovichning
patentlar asosida o‘tkaziladigan fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lyutesiy-177, yod-125, fosfor-32 asosida radioizotop substansiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish”, 01.04.01 – eksperimental fizikaning usullari va asboblari  (texnika fanlari doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.4.DSc/T465.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti “Radiopreparat” davlat korxonasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori solishtirma radioaktivlikka ega bo‘lgan lyutesiy-177 radioizotopi, yuqori radioizotop tozaligiga ega bo‘lgan yod-125 radioizotopi va yuqori radiokimyoviy mahsulot unumdorlik hamda yuqori radiokimyoviy tozalikka ega fosfor-32 radioizotopi asosidagi substansiyalarini olish  texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
solishtirma aktivligi 98,0 Ki/mg dan yuqori lyutesiy-177, 17,2 Ki/mg yod-125 ta’minlangan radioizotoplarni olishda yadro reaktorida 1014 n/sm2•s-1 issiq neytronlar oqimida boshlang‘ich barqaror itterbiy-176 izotopi bilan boyitilgan itterbiy nishonini, barqaror ksenon-124 izotopi bilan boyitilgan ksenon nishonini mos ravishda 100 soat va 50 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda nurlantirishning maqbul shart sharoitlari aniqlangan;
birinchi marta yuqori kimyoviy va radioizotopli tozaligi 99,0% bo‘lgan 177Lu radioizotopining mikromiqdorini nurlantirilgan 176Yb namunasining makromiqdoridan unumdorligi 95% va undan yuqori darajada ajralishini ta’minlovchi xromatografik kolonkaning maqbul o‘lchamlari (D=1,6 cm, h=55 cm) hamda kation almashtiruvchi Daueks-50X8 smola zarrachalarining 200-400 mesh o‘lchamdagi turlari tanlangan;
xromatografik kolonkadan 0,45 ml/min tezlikda va al`fa-oksiizomoy kislotasi ammoniyli tuzining 0,05 M dan 0,13 M gacha bo‘lgan konsentratsiyali gradientda 177Lu va 175,176Yb radioizotoplarini elyuirlab bir martalik xromatografiyalab lyutesiy-177 radioizotopi substansiyasini olish texnologiyasining ekspress usuli ishlab chiqilgan;
kvars ampuladagi gazsimon 99% dan kam bo‘lmagan ksenon-124 bilan boyitilgan 50 ml xajmdagi ksenonni neytronlar oqimi zichligi 1014 n/sm2•s-1 bo‘lgan VVR-SM rusumli yadro reaktorida 50 soat davomida nurlantirib “Tashuvchisiz yod-125 bilan natriy yodid eritmasi” substansiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
birinchi marta nurlantirilgan gaz xolatidagi ksenon-125 Ag+ ionlari shimdirilgan shisha fil`trda kimyoviy tozalab, keraksiz yod-126 aralashmalaridan ishonchli tozalash usuli ishlab chiqilgan va yakuniy maxsulotda uning miqdori 10-6 % dan oshmasligi ta’minlangan;
birinchi marta radiokimyoviy mahsulot unumdorligi 98% dan yuqori bo‘lgan va yuqori radiokimyoviy soflikka ega bo‘lgan fosfor-32 radioizotopi asosidagi substansiyasini olish uchun Daueks 1x4 ion almashtirgich smolalarni shakli va 10x100mmli maqbul o‘lchamdagi xromatografik kolonkalar tanlangan;
gamma (R-32) ATFga fermentativ biriktirilishi bo‘yicha, radiokimyoviy tozaligi 99,9%, molyar va biologik faolligi 99,0% dan kam bo‘lmagan fosfor-32 radioizotopi asosidagi substansiyasini yuqori unumdorligiga ega bo‘lgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lyutesiy-177, yod-125, fosfor-32 radioizotoplari asosida radioizotop substansiyalar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalarga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan “Tashuvchisiz 177Lu bilan, Lyutesiy xlorid (177LuCI3)” ko‘rinishidagi tashuvchisiz radioizotop lyutesiy-177 olish usuli” ixtirosiga dastlabki patent olindi (№ IAP05930, 05.06.2014 y.). Ixtirodan foydalanish natijasida  “Radiopreparat” davlat korxonasida “Tashuvchisiz 177Lu bilan, Lyutesiy xlorid (177LuCI3)” substansiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 13 dekabrdagi № 2/1255-3471-sonli ma’lumotnomasi). Yiliga 100 Kyuridan ko‘p miqdordagi tashuvchisiz lyutesiy-177 asosidagi substansiya 20.09.2017 y. № SMR-2017 sonli «Xemotreyd» (Germaniya) va 22.09.2017 y. № EX-2017 sonli SMR (Velikobritaniya) shartnomalari asosida xorijiy kompaniyalarga eksport qilinmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan “Tashuvchisiz 125I bilan, natriy yodid eritmasini olish usuli” ixtirosiga dastlabki patent olindi (№ IAP 06202, 15.01.2018 y.). Ixtirodan foydalanish natijasida  “Radiopreparat” davlat korxonasida tarkibida yondosh qo‘shimcha yod-126 radioizotopi  10-6% dan ko‘p bo‘lmagan miqdori ta’minlangan, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan “Tashuvchisiz 125I bilan, natriy yodid eritmasi” substansiyasini  ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 13 dekabrdagi № 2/1255-3471-sonli ma’lumotnomasi). Har yili 2000 Kyuridan ko‘p miqdordagi “Tashuvchisiz 125I bilan, natriy yodid eritmasi” substansiyasi  20.09.2017 y. № SMR-2017 sonli «Xemotreyd» (Germaniya), 22.09.2017 y. № EX-2017 sonli SMR (Velikobritaniya) va 01.08.2018 y. №HUN-2018 sonli “Institute of Isotopes Co., Ltd” (Vengriya) shartnomalari asosida xorijiy kompaniyalarga eksport qilinmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan “Tashuvchisiz 32R yoki 33R bilan nishonlangan, ortofosfor kislotasi” ixtirosiga dastlabki patent olindi (№ IAP 05613, 30.01.2013 y.). Ixtirodan foydalanish natijasida  “Radiopreparat” davlat korxonasida “Tashuvchisiz 32R bilan nishonlangan, o‘ta sof ortofosfor kislotasi” substansiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 13 dekabrdagi № 2/1255-3471-sonli ma’lumotnomasi). Fosfor-32 radioizotopi asosidagi “Tashuvchisiz 32R bilan nishonlangan, o‘ta sof ortofosfor kislotasi” substansiyasi yiliga 1000 Kyuridan ko‘p miqdorda 20.09.2017 y. № SMR-2017 sonli «Xemotreyd» (Germaniya) va 22.09.2017 y. № EX-2017 sonli SMR (Velikobritaniya) shartnomalari asosida xorijiy kompaniyalarga eksport qilinmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish