Hasanov Doston To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Telekommunikatsiya ob’ekti energiya ta’minoti manbalarining simsiz sensor tarmoqlar asosidagi monitoring modeli”, 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarnitaqsimlash”.
Dissertatsiyasimavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2021.4.PhD/T2502
Ilmiyrahbar: SiddikovIlxomjonXakimovich, texnika fanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02:
Rasmiy opponentlar:texnika fanlari doktori, professor, Xamdamov Utkir Raxmatullaevich; texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)Karimov Sherzod Sobirjonovich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya ob’ekti energiya ta’minoti manbalarining simsiz sensor tarmoqlar asosidagi monitoringini modellashtirish, tadqiq etish va amaliyotda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energiya ta’minoti manbalarining masofadan monitoringi ma’lumotlar uzatish tizimini simsiz sensor tarmog‘ini shakllantirish topologiyasi va modeli ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya ob’ekti energiya ta’minoti manbalarining IoT asosidagi masofadan monitoringini modeli yaratilgan;
telekommunikatsiya ob’ekti energiya ta’minoti manbalarining simsiz sensor tarmoqli masofadan monitoringi imitatsion modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
ilk marotaba telekommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minoti manbalarini simsiz sensor tarmoqli monitoringi tizimining tokini kuchlanishga o‘zgartirish qurilmasi modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Telekommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minoti manbalarini masofadan monitoring modellari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
energiya ta’minoti manbalarining masofadan monitoringi ma’lumotlar uzatish tizimini simsiz sensor tarmog‘ini shakllantirish topologiyasi va modeli hamda telekommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minoti manbalarini simsiz sensor tarmoqli monitoringi tizimining tokini kuchlanishga o‘zgartirish qurilmasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «O‘zbektelekom» AK Toshkent filialining Yangibozor telekommunikatsiyalar bog‘lamasida sinovdan o‘tkazish asosida joriy etilgan (Axborot texnologiya-lari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 33-8/6678-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida energiya ta’minoti manbalarining nosozliklarini o‘z vaqtida aniqlash va tezkor hizmat ko‘rsatish orqali qurilmalarning umumiy hizmat ko‘rsatish muddati 2-3 % ga uzaytirilgan.
telekommunikatsiya ob’ekti energiya ta’minoti manbalarining IoT asosidagi masofadan monitoringini modeli hamda telekommunikatsiya ob’ekti energiya ta’minoti manbalarining simsiz sensor tarmoqli masofadan monitoringi imitatsion modeli va algoritmi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zbektelekom” AK Jizzax filialining Arnasoy hamda Yangiobod tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamalarida sinovdan o‘tkazish asosida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 33-8/6678-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yuklama, energiya ta’minoti tizimi harorati, quyosh panellar yuzalarining changlanganligini inobatga olgan holda quyosh energiya ta’minoti manbalarini masofadan monitoring qilish orqali ularning ishlash muddati va texnik holatini 4-5 %ga yaxshilash imkoni yaratilgan.
telekommunikatsiya ob’ektlarining energiya ta’minoti manbalarini simsiz sensor tarmoqli monitoringi tizimining tokini kuchlanishga o‘zgartirish qurilmasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarufidagi korxonalarda, xususan Radioaloqa, radioeshittirish va televideniya markazi DUKda sinovdan o‘tkazilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 33-8/6678-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida monitoring orqali energiya ta’minoti manbalariga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini 10-15 %ga qisqartirishga erishilgan.