Rafikov Akrom Adxamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipak-nitron to‘qimachilik materiallarini pardozlashning o‘ziga xosligi», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T147.

Ilmiy rahbar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Maksumova Oyto‘ra Siddiqovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot intituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy ipak va modifikatsiyalangan nitron tolalari asosida tayyorlangan to‘qimachilik materiallarini pardozlashga tayyorlash va bo‘yash texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

modifikatsiyalangan nitron tolasi va tabiiy ipak asosidagi to‘qimachilik materiali, ikki qatlamli trikotajni pardozlash usullari ishlab chiqilgan;

jarayonni muqobillashni hisobga olgan holda ipak-nitron trikotajni oqartirish va bo‘yash texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;

aralash matoni bo‘yash jarayonining kinetik, termodinamik ko‘rsatkichlari va namunalarning koloristik ko‘rsatkichlari aniqlangan;

bo‘yovchi moddalarni tolalar bilan ta’sirlashuv tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Aralash tolali materiallarni ishlab chiqish va kimyoviy pardozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

ikki qatlamli trikotaj uchun ishlab chiqilgan kompozisiyaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04511-2012y.). Natijada kompozisiyaning qo‘llanilishi o‘zida ipak va nitronning yuqori ekspluatatsion xossalarini mujassamlashtirgan yangi tarkibli trikotaj olish imkonini bergan;

modifikatsiyalangan nitron tolasi va tabiiy ipak asosidagi yangi tarkibli trikotaj matosining sanoat-tajriba partiyasini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik reglament «KOMPANIYA UNITEX» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 18 oktyabrdagi DM-144-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori gigienik xususiyatga ega bo‘lgan yangi tarkibli trikotaj matosi olingan hamda tabiiy ipakning aralashma tarkibiga qo‘shilishi, mavjud poliakrilonitril matosiga nisbatan havo o‘tkazuvchanligini 37% ga hamda nam yutuvchanligini 24% ga oshirish imkoni yaratilgan;

olingan yangi assortimentdagi trikotaj matosini bo‘yash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik reglament «KOMPANIYA UNITEX» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 18 oktyabrdagi DM-144-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar ustki kiyimi uchun aralash tolali trikotaj matolarining yangi assortimentlari olingan hamda mavjud bo‘yash texnologiyasiga nisbatan elektrolit konsentratsiyasini 5% ga va bo‘yash vaqtini 15% ga kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish