Raximov Xamdam Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ion-atom to‘qnashuvlaridagi elektron jarayonlar va ularning uglerod nanostrukturalari fizikasida qo‘llanilishi», 01.04.04 – Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2DSc/FM172
Ilmiy maslahatchi: Matveev Viktor Ivanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSs.02/30.12.2019.FM.65.01
Rasmiy opponentlar: Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Umirzakov Boltaxo‘ja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Umarov Farid Faxrievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noperturbativ yondashuvlar doirasida atomli tizimlar va yuqori energiyali fotonlar bilan to‘qnashgan tarkibiy ionlarning elektronlarini sidirish jarayonida noelastik elektron o‘tishlarni o‘rganish, shuningdek kuchli elektromagnit maydonlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida ko‘p sathli atomlarda elektron o‘tishlarni o‘rganish, xamda uglerod nanostrukturalarida (fulleren, nanonay, va grafen) elektron sochilishi yoki transpori masalasini o‘rganishga bag‘ishlangan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tezkor yuqori zaryadli ionlarning atomli tizimlar bilan to‘qnashuvida sidirish jarayoni tizimli o‘rganilgan, ionlarning molekulyar nishonlar bilan to‘qnashuvida elektron yo‘qotishlarni o‘rganish imkonini beruvchi noperturbativ usul ishlab chiqilgan;
molekulyar nishonlarda tezkor yuqori zaryadli ionlarni sidirish bo‘yicha ilk tadqiqotlar o‘tkazildi. Ion-snaryadning elektron yo‘qotishi kesim yuzasi va uning absolyut qiymatlari, molekula o‘qining ion harakati yo‘nalishiga nisbatan joylashishiga qarab 50%-100% gacha o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor to‘qnashuvlar karraligi va molekulaning o‘qi joylashuvi xolatini ion-snaryadning sidirish jarayonidagi roli aniqlangan. To‘qnashuvlar karraligining ta’siri, nishon o‘qining ion tezligi yo‘nalishiga parallel yoki perpendikulyar bo‘lishiga qarab ionni sidirish kesim yuzasi orasida sezilarli farqga olib kelishi, molekula o‘qini tasodifiy yo‘naltirilganda esa, ahamiyatsiz ekanligi aniqlangan;
ilk bor atom yoki tarkibli ionlarni yuqori energiyali fotonlar yordamida sidirishda va bir vaqtda elektron-pozitron juftini paydo bo‘lishi jarayoni kesimi yuzasi aniqlangan. Ushbu jarayonning kesim yuzasi asimptotik qiymati tushuvchi foton energiyasiga bog‘liq bo‘lmasligi aniqlangan;
ilk bor relyativistik fotoelektronlarga mos keladigan markaziy maydonda s holat uchun relyativistik fotoeffekt kesimi aniqlangan. Xamda, to‘lqin tenglamasini echmasdan fotoionizatsiya kesim yuzasining energiyaga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor tashqi monoxromatik maydon yordamida atomlarning kvant sathlarida joylashishini nazorat qilish usuli taklif qilingan;
ilk bor yuqori energiyali fotonlar yordamida nosferik (ellipsoid) fulleren molekulasini fotoionizatsiyasi differensial kesimi ifodasi aniqlangan;
tez yuqori zaryadli ionlarning uglerod nanonayi bilan to‘qnashganda energiya yo‘qotishining to‘qnashuv karraligi bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor, grafenda Kleyn tunneli jarayoniga sodir bo‘lishiga qaramasdan, grafendagi potensial ustunchalarni mavjudligi elektronni to‘siqdan o‘tishi ehtimolligini sezilarli darajada kamayishi, ayniqsa sochuvchi to‘siqlarning yuqori konsentratsiyasi va ustunchalarni yuqori qiymatlarida yuz berishi aniqlangan;
ilk bor, grafenni bukish natijasida yuzaga keladigan psevdomagnit maydonda elektronni tebrama harakati (zitterbewegung) aniqlangan;
ilk bor, doimiy tashqi maydon yoki azot atomlarini kiritish natijasida grafenda vujudga kelgan nuqsonli sohadan elektronni o‘tish davomiyligi nuqsonlar hisobiga ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Tezkor yuqori zaryadli ionlarni molekulyar nishondan iborat tizimlar bilan to‘qnashishi natijasida noelastik elektron jarayonlar yoki tashqi maydon ta’siri ostida elektron o‘tishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Web of Science ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiruvchi yuqori impakt faktorli (IF)li jurnallarda chop etilgan 190 ilmiy ishlarning tajriba va hisoblash natijalarini sharhlash yoki tavsiflash, shuningdek tahliliy ishlarda iqtibos keltirish orqali joriy qilingan, jumladan:
atomlarda tashqi maydon ta’sirida elektron o‘tishlar ehtimolligi uchun olingan nazariy natijalarning analitik ifodalari quyidagilarda xorijiy jurnallarda (J. Phys. A 2005; 38:8589, IF=2,110, J. Phys. B 2004; 37:4259, 2008;41: 235503, IF=2,125, Phys. Rev. A 2004; 69:023405, 2004; 69: 043406, IF=2.777, Phys. Rev. B 2007; 75:195310, IF=3,575, va boshqalar) tashqi maydonda joylashgan atom sathlaridagi elektronni topilishi ehtimolligini tashqi maydon chastotasini yordamida manipulyasiya qilishda foydalanildi. Ilmiy natijalardan foydalanish elektronlar populyasiyasini nazoratini yaxshilashga imkon bergan;
egilgan grafenda to‘lqin uyumi vaqtga bog‘liq evolyusiyasiga doir olingan nazariy natijalar quyidagi xorijiy jurnallarda (Phys. Rev. Lett. 2016; 117: 276801, IF=8,385, Phys. Rev. B 2012, 85: 155415, IF=3,575, New J. Phys. 2011; 13: 083029, IF=3,539, va boshqalar) to‘lqin uyumi harakatigaga magnit maydon ta’sirini o‘rganishda foydalanildi. Ilmiy natijalardan foydalanish to‘lqin uyumini to‘siqdan o‘tish ehtimolligini, maydon kuchlanganligining turli qiymatlarida hisoblash imkonini bergan;
turli xil to‘siqlar mavjud bo‘lgan grafenda elektron transportiga oid olingan nazariy natijalar quyidagi xorijiy jurnallarda (Phys. Rev. A 2017, 95: 042102, IF=2.777, Phys. Rev. B 2015, 91: 045420, IF=3,575, J. App. Phys. 2013, 114: 084314, IF=2,546, va boshqalar) elektronni to‘siqdan o‘tish koeffisientlarini hisoblashda foydalanildi. Ilmiy natijalardan foydalanish o‘tish ehtimolligini, turli to‘siqlar orqali o‘tish koeffisientlarini hisoblashda hisob-kitoblar samaradorligini oshirish imkonini berdi.