Ostonokulov Azamat Abdukarimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt77.

Ilmiy rahbar: Hamdamov Baxrom Kasimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish yuzasidan ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

erkin iqtisodiy zonalarda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisob siyosatining ishchi schyotlar rejasi tarkibi, hisob registrlari va ularni qo‘llashning tashkiliy-uslubiy jihatlari takomillashtirilgan;

erkin iqtisodiy zonalarda moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga transformatsiya qilishning mualliflik uslubi ishlab chiqilgan;

erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy valyuta mablag‘lari harakati ro‘yxati, valyuta muomalalari bo‘yicha kurs farqlarini hisobda aks ettirish hamda ular auditining uslubiy asoslari takomillashtirilgan;

erkin iqtisodiy zonalarda soliqlar hisobi va auditining tashkiliy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;

erkin iqtisodiy zonalarda auditorlik tekshiruvi faoliyati samaradorligini ta’minlashga qaratilgan nazorat testlari ishlab chiqilgan va taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

erkin iqtisodiy zonalarda xo‘jalik sub’ektida byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi ishchi schyotlar rejasining tarkibiy tuzilishi yuzasidan takliflari «Run Tong Metal  Industrial» MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan («Run Tong Metal  Industrial» MChJ shaklidagi xorijiy korxonasining 2017 yil 10 avgustdagi 2449-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi korxona buxgalteriya xizmati xodimlarining ish vaqtini bir oyda o‘rtacha 4 soatga kamaytirib, ularning ish sifatini oshirishiga xizmat qilgan;

erkin iqtisodiy zonalarda belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari hamda valyuta rejimi xususiyatlaridan kelib chiqib, hisob siyosatini ishlab chiqish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga o‘tkazish uslubiyatini yaratish, valyuta muomalalariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda valyuta operasiyalari hisobi va auditini tashkil etish, soliq hisobi va auditini takomillashtirishga oid takliflari «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasining 2017 yil 15 avgustdagi 01/283-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida xususiyatlaridan kelib chiqib hisob siyosatini shakllantirishga xizmat qilgan;

erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlarida ichki nazorat tizimini baholash bo‘yicha yagona uslubiy ko‘rsatmani ishlab chiqish; soliq imtiyozlarining amal qilish davrida xo‘jalik sub’ektlari tomonidan soliq imtiyozlari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotnoma shaklini tuzish va taqdim etish; soliq imtiyozlari auditi rejasi, dasturi va auditni o‘tkazish bosqichlarini ishlab chiqish; xorijiy valyutadagi debitorlik va kreditorlik majburiyatlari, xorijiy valyutada sotib olingan aktivlar hamda hisobot davri moliyaviy natijalarining o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish bo‘yicha auditorlik tekshiruvining yagona ichki ishchi standartini ishlab chiqishga oid takliflari O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2017 yil 30 sentyabragi 112–son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki nazorat tizimini samarali baholash, soliqlar va valyuta muomalalari auditini samarali o‘tkazishga xizmat qilgan;

hisob siyosatini ishlab chiqish, soliq hisobining xususiyatlari, xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari harakatini guruhlashtirish hamda ularning hisobi va auditini tashkil etish, ichki nazorat tizimini baholash, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga o‘tkazish bo‘yicha ishlanmalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar va pedagogik texnologiyalarni tayyorlashda foydalanilmoqda (Toshkent moliya institutining 2017 yil 4 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va audit borasidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish