Jabborova Dilafro‘z Furqatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1064.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirish texnologiyalarini aniqlash asosida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan (rivojlantiruvchi, aqliy harakatli, jamoaviy, adaptiv, muammoli, loyihalash) foydalanish jarayoni talabalarni kasbiy tayyorlashning maqsad va vazifalar, mazmun funksiyalari, o‘qitish metodlari kabi texnologik tamoyillari va yangi g‘oyali, o‘zgatiruvchanlik, noan’anaviylik, tashabbuskor, ilg‘or kabi xossalari mazmunini kiritish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik jarayonlarga ta’lim innovatsiyalarini tatbiq etish bosqichlari (muammoni aniqlash, loyihalash, rejalashtirish, o‘zgarishlar) pedagogik texnologiyalarning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda bilish faoliyatini faollashtirish xususiyatlari (ta’lim oluvchi maqomini o‘zgartirish, ta’lim-tarbiyaga rag‘bat uyg‘otish) ta’sirini aniqlashtirish asosida belgilangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘qitishning modul-kredit texnologiyasiga asoslangan  o‘quv jarayoni (axborot targ‘iboti, farqni bartaraf etish, tanlash, individuallik, mustaqillashuv) pedagogik funksiyalar (tashkil etish, boshqarish,  loyihalash, metodik ta’minlash, texnologik) tarkibini tasniflash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayoni tuzilmasini (kasbiy va innovatsion faoliyat, baholash) ishlab chiqish, o‘quv mashg‘ulotlarini modellashtirish,  kasbiy faoliyatni rivojlantirish metodikasini qo‘llash (maqsadlar daraxti, “assisment”, o‘yinli, interfaol) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayoni, talabalarni kasbiy tayyorlashning texnologik tamoyillari va xossalari mazmuni, ta’lim innovatsiyalarini tatbiq etish bosqichlari, pedagogik texnologiyalarning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda bilish faoliyatini faollashtirish xususiyatlariga oid takliflardan OT-F4-02 raqamli “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” (2017-2020 yy.) nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4229-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘qitishning modul-kredit texnologiyasiga asoslangan  o‘quv jarayoni (axborot targ‘iboti, farqni bartaraf etish, tanlash, individuallik, mustaqillashuv), pedagogik funksiyalar (tashkil etish, boshqarish,  loyihalash, metodik ta’minlash, texnologik) tarkibiga oid tavsiyalardan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019  yil  30 avgustdagi  788-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari o‘quv reja  va namunaviy dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4229-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida kasbiy tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar manbalarini va resurslarini kengaytirish uchun tamoyillarni shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayoni tuzilmasini (kasbiy va innovatsion faoliyat, baholash), o‘quv mashg‘ulotlarini modellashtirish,  kasbiy faoliyatni rivojlantirish metodikasini qo‘llash (maqsadlar daraxti, “assisment”, o‘yinli, interfaol)ga oid tavsiyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 247-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi “Pedagogik texnologiya” moduli mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4229-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonining asosiy metodologik tamoyillari, qoidalarini aniqlash va asoslash imkoniyatini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish