Shodiev Ilyosjon Narziqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1552.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat, pedagogika fanlari doktori, professor; Salieva Zuxra Taxirovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi motivatsion-qadriyatli, kommunikativ, emotsional-irodaviy, refleksiv, tashkiliy-faoliyatli komponentlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini barqaror hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik-psixologik fanlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘quv modullari orasida ichki integratsiya barqarorligini hisobga olish, aniq vaziyatlarga asoslangan nizoli masalalarga doir o‘quv materiallari konfliktologik komptetentlikni rivojlantirish mazmuniga adaptiv moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish modeli tashabbusga doir anglash, regulyativ, kommunikativ, prognostik, boshqaruv, amaliy yo‘naltirilgan funksiyalar bilan butunlik, o‘rindoshlik, onglilik va faollik, individualllik, nazariya va amaliyotning intensiv bog‘liqligi, refleksiv boshqaruv tamoyillarning bevosita o‘zaro sinxron aloqadorligi o‘zgarishlarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan; 
konfliktologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari jarayonga refleksiv-pedagogik usullar vositasida jadal ta’sir ko‘rsatish, bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik bilimlarni tarkib toptirish, konfliktologik tushunchalar lug‘atini joriy etish, samarali muloqot texnikasini egallashga doir moderatsion faoliyati milliy qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi motivatsion-qadriyatli, kommunikativ, emotsional-irodaviy, refleksiv, tashkiliy-faoliyatli komponentlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini barqaror hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid takliflar OT-F1-36-raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 noyabrdagi 02-07-3778/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikning tuzilishi, komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga erishilgan.
pedagogik-psixologik fanlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘quv modullari orasida ichki integratsiya barqarorligini hisobga olish, aniq vaziyatlarga asoslangan nizoli masalalarga doir o‘quv materiallari konfliktologik komptetentlikni rivojlantirish mazmuniga adaptiv moslashtirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 noyabrdagi 02-07-3778/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik-psixologik fanlar orqali konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish omillari aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish modeli tashabbusga doir anglash, regulyativ, kommunikativ, prognostik, boshqaruv, amaliy yo‘naltirilgan funksiyalar bilan butunlik, o‘rindoshlik, onglilik va faollik, individualllik, nazariya va amaliyotning intensiv bog‘liqligi, refleksiv boshqaruv tamoyillarning bevosita o‘zaro sinxron aloqadorligi o‘zgarishlarni hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1-36-raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 noyabrdagi 02-07-3778/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
konfliktologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari jarayonga refleksiv-pedagogik usullar vositasida jadal ta’sir ko‘rsatish, bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik bilimlarni tarkib toptirish, konfliktologik tushunchalar lug‘atini joriy etish, samarali muloqot texnikasini egallashga doir moderatsion faoliyati milliy qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 14 noyabrdagi 02-07-3778/04-son dalolatnomasi). Natijada, refleksiv usullar orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish imkoni kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish