Mirsharipov Raxmatillo Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mineral o‘g‘itlarni qurituvchi barabanli quritgich konstruksiyalarini takomillashtirish asosida quritish jarayonini intensivlash», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T597.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Shonazarovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Choriev Abdusattar Juraevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mineral o‘g‘itlarni qurituvchi barabanli quritgich konstruksiyalarini takomillashtirish asosida quritish jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
mavjud apparatlar konstruksiyasining tahlillari asosida mineral o‘g‘itlarni quritish jarayoni eksperimental-statistik modeli olingan va ratsional qiymatlari aniqlangan;
apparatdagi mahsulot harakati aerodinamikasi va quritish jarayoni rejimi optimallashtirilgan, energiyadan foydalanish koeffisienti oshirilgan; 
quritish apparatining ichki nasadkalari konstruksiyasi va joylashtirish usulini mahsulotning harakat yo‘nalishi va issiqlik aerodinamikasiga ta’siri aniqlangan;
mahsulotning granulometrik tarkibini optimallashtirish orqali mahsulotni yirik qismini qayta quritish bosqichi bartaraf etish imkoniyati yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mineral o‘g‘itlarni quritish apparatida kam energiya sarflagan holda quritishning yuqori samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
barabanli quritgichlarda qo‘llaniladigan ikki qismli nasadka konstruksiyasi «Farg’onaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 26 yanvardagi 23-3-336-son ma’lumotnomasi). Natijada, olinayotgan mineral o‘g‘itlarni sifat ko‘rsatgichlarini ko‘tarish imkonini bergan;
AS-72M superfasfat mineral o‘g‘iti ishlab chiqarish qurilmasi uchun ichki issiqlik almashinuvchi nasadka «Farg’onaazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Farg’onaazot» AJning 31 2020 yil dekabrdagi 37/4781-son ma’lumotnomasi). Natijada, nasadkaning issiqlik almashinish yuzasiga ta’siri hozirda amaliyotda qo‘llaniladigan nasadkaga nisbatan 2 barobar ortishi, sarflanayotgan energiya 1,3 marta qisqartirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish