Qirg‘izov Fazlidin Baxtiyorivichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ayrim to‘yingan bir asosli karbon kislotalarning propargil efirlari asosida 1,2,3-triazol hosilalari sintezi va ularning xossalarini o‘rganish», 02.00.03 - Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K388.
Ilmiy rahbar: Abdugafurov Ibragimdjan Azizovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik inistituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulxamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maulyanov Solixjan Alimjanovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘yingan bir asosli karbon kislotalarning propargil efirlari asosida 1,2,3-triazol hosilalarini sintez qilish, ularning tuzilishini isbotlash, kimyoviy xossalari va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 4-(4-(R-karboksimetil)-1H-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislota-larini sintezi amalga oshirilgan, hamda reaksiyalarning borishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan; 
4-(4-(R-karboksimetil)-1H-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislotalarning selektiv sintezini amalga oshirishda qo‘llanilgan katalizatorlarning quyidagi Cu2I2˃Cu2Br2˃Cu2Cl2 qator bo‘yicha faolliklari kamayishi aniqlangan ;
4-(4-(R-karboksimetil)-1H-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislotalarning suvda eriydigan natriyli va kaliyli tuzlari olingan; 
4-(4-(R-karboksimetil)-1H-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislotalarini etil spirti bilan eterifikatsiya reaksiyasi olib borilganda bir vaqtning o‘zida murakkab efir hosil bo‘lishi bilan birga, atsetil-oksimetil bog‘ining gidrolizlanishi natijasida 4-(4-(gidroksimetil) 1N-1,2,3-triazol 1-il) benzoy kislotaning etil efiri hosil bo‘lishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
4-(4-(R-karboksimetil)-1H-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislotalar, ularni hosilalarining samarali sintez usullarini va modifikatsiyalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
stimulyatorlik xususiyatga ega bo‘lgan 4-(4-(atsetoksimetil)-1H-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislota (TF-40) va 4-(4-(propionoksimetil)-1H-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislota (TF-41) kaliyli tuzlarini Navoiy viloyati Qiziltepa tumani fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida bug‘doy hosildorligini oshirish uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 02/025-3925-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur stimulyatorlar ta’sirida kuzgi bug‘doy hosildorligini 4.3- 3.7 s/ga oshirish imkonini bergan;
4-(4-(R-karboksimetil)-1N-1,2,3-triazol-1-il) benzoy kislotalar sintez qilish usulidan Tojikiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqot institutida qator organik moddalarni sintez qilishda foydalanilgan (Tojikiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqot institutining 2021-yil 9-sentyabrdagi 43-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1,2,3-triazollarning yangi biologik faol hosilalarini sintez qilish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish