Zaripov Abdisalim Abdikarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «1-(2´-brom-4´,5´-dimetoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin alkaloidi va digidrokversetin flavonoidi kon’yugatining vazorelaksant ta’sir mexanizmlarini tavsiflash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B202.
Ilmiy rahbar: Esimbetov Adilbay Tlepovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Xushmatov Shunqor Sadullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Cho‘liev Ikrom Ne’matullaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1-(2´-brom-4´,5´-dimetoksifenil)-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin (F-18) alkaloidi bilan digidrokversetin (DGK) flavonoidini gibridlash yo‘li bilan olingan 2-(3,4-digidroksifenil)-6- [1-(2´-brom-4´,5´-dimetoksifenil)-6,7-dimetoksi-3,4-digidroizoxinolin-2(1N)-il]-metil-3,5,7-trigidroksixroman-4-ona (DKV-11) kon’yugatining vazorelaksant ta’sir mexanizmini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
F-18 alkaloidi, DGK flavonoidi va ularning kon’yugati DKV-11 ning vazorelaksant va vazoprotektiv xususiyatga ega ekanligi, ularning ta’siri turli mexanizmlar bilan ta’minlanishi ochib berilgan;
F-18 alkaloidi, DGK flavonoidi va DKV-11 kon’yugatining vazorelaksant ta’siri SMHga Sa2+L–kanallari blokadasi hamda SR dan Sa2+ transport tizimlarining ingibirlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
F-18 alkaloidi, DGK flavonoidi va DKV-11 kon’yugatining vazorelaksant ta’sirini ta’minlashda plazmolemmadagi KATF– va KCa–kanallari ishtirok etishi isbotlangan;
DKV-11 kon’yugatining vazoprotektiv ta’sirida plazmalemma Ca2+L–kanallari va SR inozitol 1,4,5–trifosfat kaskadi funksiyasi modifikatsiyasi, shuningdek, NOS, NO/sGC/cGMP/PKG signal yo‘llarini va KATF– va KCa–kanallari aktivatsiyasi yotishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
F-18 alkaloidi, DGK flavonoidi va DKV-11 kon’yugatining vazorelaksant ta’sir mexanizmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
alkaloid, flavonoid va ular asosida olingan kon’yugatning vazorelaksant va vazoprotektiv ta’sir mexanizmlari Turkiyaning Anadolu universiteti dorivor o‘simliklarni tadqiq qilish va qo‘llash ilmiy markazining №2103S009 «Investigation of phytochemical and biological properties of Scabiosa pseudograminifolia Hub-Mor» maqsadli loyihasida biologik preparatlarning farmakologik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Anadolu universitetining 2021 yil 22 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklardan olingan birikmalarning antioksidant va antigipertenziv ta’sir xususiyatlarini baholash imkonini bergan;
digidrokversetinning vazorelaksant ta’siri PZ-20170927122 raqamli “Ferula foetida o‘simligining kamedi smolasi asosida substansiya yaratish va spesifik farmakologik faolligini baholash” loyihasi doirasida yangi kardioprotektiv vositalarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 4/1255-2910-son ma’lumotnomasi). Natijada, kamedi-smolasi asosida substansiya yaratish va uning spesifik farmakologik faolligini baholash imkonini bergan.