Bobomurodov O‘tkir Ziyadullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Konlarni oxirgi ishlash bosqichida qoldiq neft` zaxiralarining to‘plangan zonalarini aniqlash metodlarini takomillashtirish», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T565.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nazirila Nasimxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Alimdjan Abdurahimovich, texnika fanlari doktori, professor; Asadova Hulkar Baymanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlatishning oxirgi bosqichidagi konlarda qoldiq neft` zaxiralari konsentratsiyalangan zonalarini bashoratlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoldiq neft` zaxiralari hajmini bashorat qilish va ularning tarqalganlik xaritasini qurish usullarining afzalliklari va kamchiliklari aniqlandi, ishonchli natijalar olish uchun qo‘shimcha mezonlardan foydalanish zarurligi asoslangan; 
kam o‘tkazuvchan kollektorlar uchun neftni suv bilan siqib chiqarish koeffisientining matematik modeli olingan; 
qoldiq neft` zaxiralari hajmini hisoblash va ularning tarqalganlik xaritasini qurish uchun neft` qazib chiqarish koeffisientining tarkibiy qismlarini aniqlashga asoslangan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
qatlamdagi qoldiq neftni qazib chiqarish bo‘yicha samarali geologik-texnik tadbirlarni tanlash imkonini beruvchi uning hajmini bashorat qilish uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Konlarni oxirgi ishlash bosqichida qoldiq neft` zaxiralarining to‘plangan zonalarini aniqlash metodlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uyumning kam sizdirilgan maydonlaridagi boshlang‘ich skvajinlar to‘rini zichlashtiruvchi skvajinlarni burg‘ilash texnologiyasi “Andijonneftgaz” AJning Uchtepa va Xartum konlarida joriy etilgan  (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 14 sentyabrdagi 05-25-1-104-son ma’lumotnomasi). Natijada,  qo‘shimcha neft` olish suratini ortishiga (01.11.2019 y.)  Uchtepa konining №11 skvajinasida 2 tonna, Xartum konining №83 va №84 skvajinlarida mos ravishda 6 tonna va 6 tonnadan qo‘shimcha neft’ qazib olish imkonini bergan;
qoldiq neft` zaxiralarini bashorat qilish va ularning tarqalganlik xaritasini qurishning takomillashtirilgan usuli “Gissarneftgaz” MChJ qo‘shma korxonasiga qarashli Shakarbuloq konida joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 14 sentyabrdagi 05-25-1-104-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoldiq zaxiralar to‘plangan xududda 9 ta yangi skvajin burg‘ilashida 7 tasidan sanoat ahamiyatidagi neft` oqimi olingan, skvajinlar fondidan foydalanish koeffisienti bazoviy 30% dan 45% gacha va neft` qazib chiqarishning bashorat qilingan koeffisienti 18,64% dan 34% gacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish