Xamidov Mirolimbek Mansur o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek adabiyotida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima (Mashrab obrazi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1963.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Djuraevna, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek adabiyotida Boborahim Mashrab obrazi talqini orqali tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimadan foydalanishdagi ijodkorlar uslubi, mahoratiga xos jihatlarni ochib berish hamda bu davr adabiyotining taraqqiyot tendensiyalarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq qissalari, kitoblarida Boborahim Mashrab obrazi talqinida tarixiy haqiqatdan ko‘ra badiiy to‘qimaning ustunlik qilishi xalqning dunyoqarashi, tafakkur tarzi, ijtimoiy-siyosiy sharoit, ijtimoiy-ruhiy, madaniy-ma’rifiy omillar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
o‘zbek qissa va hikoyalarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaga murojaat qilish yozuvchi dunyoqarashi, mahorat darajasi hamda uslubi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va adabiy muhit bilan bog‘liqligi turli avlod ijodkorlari asarlari misolida isbotlangan;
o‘zbek romanchiligida Mashrab tarjimai holi, qiyofasi, sajiyasi bilan bog‘liq tasvirlar, uning davri, unga yondosh boshqa personajlar talqinida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimadan foydalanishdagi ijodkorlar uslubidagi xilma-xillik, shuningdek, ushbu obraz tasvirida yozuvchi yashagan ijtimoiy, siyosiy davrning ta’siri masalalari dalillangan;
o‘zbek she’riyatida ijodkor uchun Mashrab obrazi davrning dolzarb muammolari, adabiy-estetik qarashlari, ijodiy kredosi talqinida vosita bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida Mashrab obrazi talqinida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima mavzusining ko‘lami, badiiyati muammolarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek she’riyatida ijodkor uchun Mashrab obrazi davrning dolzarb muammolari, adabiy-estetik qarashlari, ijodiy kredosi talqinida vosita bo‘lganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalaridan Farg‘ona viloyat hokimligining I–2013 №-57 raqamli “Ijtimoiy ekologiya muammolari” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 6 iyuldagi 06-06/5053-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ijtimoiy ekologiya muammolari” monografiyasining ilmiy-nazariy xulosalari mukammallashgan;
xalq qissalari, kitoblarida Boborahim Mashrab obrazi talqinida tarixiy haqiqatdan ko‘ra badiiy to‘qimaning ustunligi, xalqning dunyoqarashi, tafakkur tarzi, ijtimoiy sharoit, ruhiy-ma’rifiy omillar bilan bog‘liqligi, o‘zbek romanchiligidagi Mashrab tarjimai holi, qiyofasi, sajiyasi bilan bog‘liq tasvirlar, davr va Mashrabga yondosh boshqa personajlar, tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimadan foydalanishdagi ijodkorlar uslubidagi xilma-xillik, shuningdek, yozuvchi yashagan ijtimoiy-siyosiy davrning ta’siri masalalari bilan bog‘liq dalillardan 2018-2020 yillarda O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1.OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 noyabrdagi 17.02/275-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika va chet ellarda chop etilgan ilmiy maqolalarda keltirilgan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalari, tadqiqot natijalari, o‘zbek adabiyotida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning holati va funksional xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalar ijrosining ta’minlanishi, o‘zbek adabiyotida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima to‘g‘risidagi xulosalarning yoritilishi hamda loyihaning fol`klor janriga oid bo‘limlarining nazariy va amaliy jihatlari boyigan;
o‘zbek qissa va hikoyalarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimadan foydalanish yozuvchi dunyoqarashi, mahorat darajasi va uslubi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va adabiy muhit bilan bog‘liqligi turli avlod ijodkorlari asarlari misolida isbotlanganligidan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlari to‘garagi seminarida, 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti” Antalogiya-xrestomatiyasining fol`klor janriga oid bo‘limlarini tuzishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilari uyushmasining 2021 yil 29 noyabrdagi 150-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlari seminarlari va Antologiya-xrestomatiyaning fol`klorga oid bo‘limining ilmiy-nazariy saviyasi oshgan;
Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2020-2021 yillarda efirga uzatilgan “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida hamda “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniesining 2021 yil 25 avgustdagi 12-02/109-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan ma’naviy-ma’rifiy va badiiy jihatdan boyigan hamda xalqchilligi ortgan.