Juraeva Gulnoza Axmatovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek bolalar she’riyatida hajviya (XX–XXI asr materiallari misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B20204.DSc/Fil251.
Ilmiy rahbar: Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor; Matchonov Sapo, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek bolalar hajviy she’riyatining taraqqiyot takomili, hajviyaning badiiy-estetik va tarbiyaviy ahamiyati hamda janriy xususiyatlarini aniqlash, satirik va yumoristik kulgi vositasida hajviy obraz yaratish mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hajviyaning XX-XXI asr boshlari o‘zbek bolalar she’riyati taraqqiyotida tutgan o‘rni, mavzu ko‘lami, ijodkor konsepsiyasi va obraz yaratish orqali namoyon bo‘ladigan poetik izlanishlar, fosh qilish san’ati orqali yuzaga keladigan realistik tasvir, ramziy-majoziy obrazlarning estetik-tarbiyaviy asoslari badiiy-psixologik, qiyosiy-tipologik usullar vositasida aniqlangan;
hajviyaning bolalar she’riyatidagi badiiy-estetik va janriy takomili, ma’rifiy-didaktik hamda tarbiyaviy ahamiyati, kulgi hosil qilish bilan bog‘liq satirik va yumoristik tabiatining mumtoz she’riyat an’analari hamda milliy va umuminsoniy g‘oyalardan oziqlanishi tarixiy-qiyosiy yondashuvlar asosida dalillangan;
o‘tgan davr mobaynida o‘zbek bolalar hajviy she’riyatida ignabarg she’rlar, uchchanoqli, raqamli she’rlar, alifbe she’rlar kabi shakliy va bolalar fe’l-atvoridagi kamchiliklardan teran ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar tahliliga o‘tilishi kabi mazmuniy yangilanishlarning yangicha mohiyat kasb etishi hajviy she’riyatni davrlashtirish asosida ochib berilgan;
hajviyaning bolalar she’riyati taraqqiyotidagi poetik qimmati, davrlari, xususan, jadidchilik davrida ma’rifiy-tarbiyaviy, sho‘ro davrida sinfiy-mafkuraviy va badiiy hamda istiqlol yillarida axloqiy-estetik xususiyatlari yetakchilik qilganiga e’tibor qaratilishi  aniqlangan;
Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, Sh.Sa’dulla, Q.Hikmat, T.Adashboev, A.Obidjon, Q.O‘taev, R.Tolipov, A.Ko‘chimov, X.Imonberdiev, K.Turdieva, D.Rajabov, A.Akbar kabi shoirlar tomonidan turli davrlarda yaratilgan hajviy she’rlarda obraz va manzara yaratish orqali kulgining tabiati hamda yumor hosil qiluvchi badiiy tasvir vositalari qiyosiy aspektda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek bolalar she’riyatida hajviya janri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hajviyaning o‘zbek bolalar she’riyati taraqqiyotidagi o‘rni, ijodkor konsepsiyasi va obraz yaratish orqali namoyon bo‘ladigan badiiy vazifalari, fosh qilish san’ati orqali yuzaga keladigan tarbiyaviy ahamiyati, hajv mazmuni realistik tasvirlarga asoslanishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan FA–F1-G040  raqamli “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va ta’sir” (2012–2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 01-2405/1-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslikdagi muhim muammolarni o‘zbek bolalar she’riyatini qiyosiy o‘rganish, xususan, badiiy-psixologik tahlil, qiyosiy-tipologik va tarixiy-qiyosiy usullardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
hajviyaning bolalar she’riyati badiiy-estetik va janriy takomilini yuzaga keltirishdagi ahamiyati, zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotida mumtoz she’riyat an’analarining davomiyligi, bolalar adabiyotida Navoiy ijodining o‘rniga doir ilmiy xulosalardan A-1-118 raqamli “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” (2015–2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 01-2405/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz she’riyat an’analarining zamonaviy bolalar adabiyotiga ta’siri, Navoiy ijodi  bolalarni milliy va umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalashiga xizmat qilgan;
o‘zbek bolalar she’riyatida hajviyaning taraqqiyot takomilini belgilashda davrlashtirib o‘rganishning ahamiyatiga doir ilmiy xulosalardan 1-147-raqamli “Theoretical issues of Azerbaijani-Uzbek-Turkmen linguistics” (2016–2020 yy.) mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasining 2021 yildagi 29 oktyabrdagi 232-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar she’riyati ham o‘zining tasvir uslubi hamda muammoga yondashilishiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlari yangicha qarashlar asosida boyitilgan;
hajviyaning bolalar she’riyati taraqqiyotidagi poetik qimmatini belgilash, majoziy-hajviy obraz yaratishdagi shakliy va mazmuniy yangilanishlar haqidagi xulosalardan Vengriyaning Eötvös Loránd universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va adabiyotining xorijdagi targ‘ibi, Alisher Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimalari masalasi” (2020–2023 yy.) mavzusidagi “Erasmus + International Credit Mobility Programm” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 01-2405/1-son ma’lumotnomasi). Natijada hajviy asarlarda satira xususiyatlarining uyg‘unlashuvi, istiqlol davri bolalar hajviy she’riyatida lirik sub’ekt va kechinma tabiatining yangilanish omillari asoslangan;   
hajviya janrida mumtoz an’ana va zamonaviy satira xususiyatlarining uyg‘unlashuviga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Munosabat” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 19 apreldagi 02-13-595-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni o‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotida hajviy she’rlarning o‘rni borasidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan, dastur saviyasi ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish