Sabirova E’zoza Shuhrat qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da huquqiy terminlarning berilishi, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2045.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Samixon Ashirboev, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi huquqiy terminlarning o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida berilishi, semantik tavsifini takomillashtirish asosida ularni o‘zbek tili milliy korpusida semantik teglash lingvistik muammosini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da 93/54 ta huquqqa oid termin statistik tavsiflanib, etimologik jihatdan ularning 24/30 %i turkiy, 30/41 %i arabiy, 6/6 %i forsiy, 30/24 %i evropa tillaridan o‘zlashganligi, derivatsion jihatdan 60/29 tasi tub, 32/26 tasi yasama, struktur jihatdan 59/29 tasi sodda, 10/5 tasi murakkab ekanligi aniqlangan;
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan terminlarning leksikografik izohlanishi bo‘yicha termin izohining havola usuli orqali boshqa so‘zga yo‘naltirilishi, birikma holatda berilgan terminning ma’nosi terminga mos kelmaydigan hosila ma’noda berilishi kabi takomillashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun to‘liqlik, aniqlik, ixchamlik, soddalik kabi tamoyillar dalillangan;
izohli lug‘atga huquqiy terminlarni tanlab olish uchun huquqiy mazmuniy guruhga, yangilik bo‘yog‘iga, faollik darajasiga ko‘ra tanlash kabi mezonlar ishlab chiqilib, shu asosda pora, norma, nigilizm, nepotizm, musodara kabi jami 104 ta birlikka leksikografik baho berish orqali “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da huquqiy termin sifatida berilishi dalillangan;
izohli lug‘atda huquqiy terminlar uchun illyustrativ misollar berish bo‘yicha dalilning sohaga doir matnlardan olinishi zaruriyligi, o‘zakdosh so‘z-terminlarga leksik pometaning qo‘llanishi shartligi kabi amaliy hamda milliy va maxsus korpuslarda huquqiy terminlarni semantik teglashga doir prsn.lgl.pstn., lgl.fld., lgl.act., lgl.st.mtn.prcs., lgl.rltd. shaklida algoritmlash kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida berilgan yur. va huq. pometali terminologik birliklar tahlili, tavsifi hamda tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida keltirilgan huquqshunoslikka oid terminlarning statistik, etimologik hamda struktur tuzilishiga oid xulosalardan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2016-2020) hamda FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” (2016-2020) mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 oktyabrdagi 17.01/269-son ma’lumotnomasi). Natijada yasalish hodisasining terminlarga tegishli xususiyatlarini yoritish orqali loyihani bajarish ishi yakdil xulosa asosida olib borilishiga erishilgan;
huquqiy terminlarning bir va ko‘p ma’noli ekanlik xususiyati, semantik munosabatlarga ko‘ra terminlarning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, huquqiy terminlarning ma’noviy guruhlarga birlashishiga oid xulosalardan 5221000 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida (2018) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 04/1-1974-son ma’lumotnomasi). Natijada darslik so‘zlardagi monosemiya va polisemiya, bosh va hosila ma’nolarini tavsiflash, xususan, mazkur hodisalarning umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishlarda terminlarda yuzaga chiqadigan o‘ziga xosliklar, so‘z yasalishiga oid “yasalish” va “hosil bo‘lish” hodisalariga doir mulohazalar, semantik, neoterminologik hamda faollik xususiyatiga ko‘ra tanlash asosida lug‘atlarga terminologik birliklarni kiritishga oid fikrlar bilan boyitilgan;
huquqiy terminologiyaga oid bo‘lgan, xususan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirilgan birliklarning ishlatilishiga oid statistik tahlil natijalari, huquqiy terminlarda semantik o‘ziga xoslik, ularda monosemiya va polisemiya hodisalariga oid tahlil hamda terminlar sinonimiyasi, huquqiy terminlarni til korpusida semantik teglash uchun ishlab chiqilgan algoritmlar, lug‘at uchun sohaviy terminologik birlikni tanlab olish uchun tavsiya qilingan mezonlarga oid xulosalardan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion amaliy loyihasida (2020-2021) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 04/1-1994-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi unda ko‘zda tutilgan inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirini elektron lug‘atda berishga doir nazariy va amaliy jihatdan boyitilishiga asos bo‘lgan.