Tashxanova Dilrabo Iskandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasini erta tashhislashning yangi usullarini optimallashtirish va uzoq muddatli natijalarni tahlil qilish yo‘llari», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib752.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Makkaeva Sakinat Magomedovna (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: akad. S.N. Fedorov nomidagi “Ko‘z mikroxirurgiyasi” tarmoqlararo ilmiy-texnik kompleksi Moskva filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasini erta tashhislashning yangi usullarini optimallashtirish va uzoq muddatli natijalarni tahlil qilish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gestatsion eshi va tana vazniga qarab chala tugilgan chakaloklar retinopatiyasi  chala tugilgan chaqaloqlar orasida 22,2% ni tashkil etgan va kasallanishning gestatsion eshi va tana vazniga qarab teskari proporsional bog‘liqligi isbotlangan; 
chala tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘ruv a’zosining barcha qismlari etuk emasligi, ularning funksional rivojlanishdan orkada kolishi aniqlangan va ushbu o‘zgarishlarning gestatsion eshiga bog‘liqligi isbotlangan;
chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi rivojlanishi uchun asosiy xavf omillari tugilishdagi kichik gestatsion yosh va vazn kamligi, ya’ni chaqaloq etilmaganligi isbotlangan. Bundan tashqari, bu bolalar og‘ir somatik va akusherlik-ginekologik anamnezga ega bo‘lgan eng yuqori xavf guruhidagi ayollardan tug‘ilganligi hamda ushbu patologiyaga ega bolalarda poliorgan etishmovchiligi borligi isbotlangan;  
chala tugilgan chakaloklar retinopatiyasi  bo‘lgan bolalarda VEGFA geni C634G polimorfizmining prognostik ahamiyatini o‘rganish natijasida VEGFA geni  rs2010963 polimorfizmining C/G va G/G funksional jihatdan noqulay genotiplari chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasiga moyil bo‘lgan genetik omil ekanligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Og‘ir holatdagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tashhislash, davolash va reabilitatsiya qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi bo‘lgan bolalar qonidagi neyrospesifik o‘zgarishlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi bo‘lgan bolalar qonidagi neyrospesifik enolaza prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyuldagi 8n-r/231-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar orasida ko‘ruv a’zosi retinopatiyasini prognozlash va kasallikni kamaytirish imkonini bergan.
chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi bo‘lgan bolalar qonidagi VEGFA genining C634G polimorfizmi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi bo‘lgan bolalar qonidagi VEGFA genining C634G polimorfizmi prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyuldagi 8n-r/232-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasini prognozlash, davolash va asoratlari sonini kamaytirish imkonini bergan.
chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasini erta tashhislash va natijalarni tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Toshkent shahar 2-nchi tug‘ruq kompleksi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/376-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi bilan kasallanish holatlarini aniqlash va erta tashhislash, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar orasida ko‘ruv a’zosining asoratlari sonini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish