Mamatova Nodira Muxtarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tamaki va nos iste’mol qilishning tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib120.
Ilmiy maslahatchi: Menlikulov Paraxat Rskulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi salomatligini muhofaza qilishda tamaki va nos chekishning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tamaki mahsulotlarining tarqalishi va ularni iste’mol qilinishini oldini olish, salbiy ta’sirini kamaytirish va iste’moli tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olishning tibbiy-tashkiliy tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
tamaki mahsulotlariga qo‘yiladigan gigienik tashkiliy talablar sanitariya me’yor va qoidalari va gigienik me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan;
tamaki chekishning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq davlatga etadigan iqtisodiy zararlari aniqlangan va aholi orasida nos chekish bo‘yicha murakkab epidemiologik vaziyatning vujudga kelish sabablari ilmiy asoslab berilgan;
tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishi va ulardan voz kechishi bo‘yicha shaxsning xulq-atvorini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy valeologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Tamaki mahsulotlariga gigienik talablar» to‘g‘risida 0259-08-sonli sanitariya qoidalar, me’yorlar va gigienik me’yoriy ko‘rsatkichlari 27 noyabr`, 2008 yilda tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan;
aholining turli qatlamlari orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni oldini olish va profilaktikasi borasida 2011 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Alkogol` va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi O‘RQ-302-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqishda va konsepsiyasini shakllantirishda, uni amaldagi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zR Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 04/3-06-258-74vx-son ma’lumotnomasi);
tamaki chekish profilaktikasi va undan voz kechishga qaratilgan valeologik tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan va foydalanilayotgan «Valeologiya» darsligining xulq-atvorni shakllantirish bo‘limiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 2 oktyabrdagi 8n-305-son va 2016 yil 26 fevraldagi 8n-3/47-son ma’lumotnomalari);
tamaki mahsulotlarining tarqalishi va ularni iste’mol qilinishini cheklashning tibbiy-tashkiliy tadbirlari samaradorligini oshirish bo‘yicha asoslab berilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish bir yilda davlat byudjetiga etadigan 38,2 mlrd. so‘m zararning oldini oladi.