Nazarova Nodira Sharipovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shisha tolali tuzilmalarni ishlab chiqaruvchi ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalarini tashhislash, davolash va oldini olishga tizimli yondashuv», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib492.
Ilmiy raxbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020. Tib.102.0228.
Rasmiy opponentlar: Ruzuddinov Saurbek Ruzuddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xodjimetov Abdug‘affor Abduaxatovich, kimyo fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Ukraina tibbiyot akademiyasi (Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shisha tolali tuzilmalarni ishlab chiqaruvchi ishchilarda stomatologik kasalliklarni tashhislash, davolash va oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora, shisha tolali tuzilmalar ishlab chiqaruvchilar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida dastlabki patologik o‘zgarishlar makrofaglarning inaktivatsiyasi va diffuz infil`tratsiyasi tufayli yallig‘lanish jarayoni rivojlanishi asoslangan;
ishlab chiqarish omillari ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immuniteti va erkin radikal oksidlanish jaraenining buzilishi okibatida leykoplakiyaning oddiy va verrukoz shakllari kelib chikishi aniqlangan;
og‘iz suyuqligida lizotsim, S-IgA  konsentratsiyasining kritik qiymatlarida moslashuv mexanizmlari buzilishi va immun etishmovchiligining  klinik alomatlari rivojlanishi isbotlangan;
ilk bor shisha tolali tuzilmalar ishlab chiqaruvchilarda immunokorreksiya xisobiga og‘iz bo‘shlig‘i gomeostazining  tiklanishi natijasida kasallikning klinik regeneratsiya belgilarining kamayishi aniqlangan;
shisha tolali tuzilmalar ishlab chiqaruvchilarda zararli sanoat ishlab chiqarish omillarining turiga qarab davo choralarini belgilash orqali stomatologik kasalliklarni davolash mezonlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shisha tolali  tuzilmalarni ishlab chiqaruvchi xodimlarida asosiy stomatologik kasalliklarni tashxislash, klinik-biokimyoviy tavsifi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shisha tolali tuzilmalarini ishlab chiqaruvchi ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalari zararlanishini tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Shisha tolali tuzilmalarini ishlab chiqaruvchi ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalari zararlanishini tashxislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 8n-r/299-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma zararli omillar bilan ishlovchi xodimlarda stomatologik kasalliklarning rivojlanishida  erta tashhis qo‘yish, og‘iz bo‘shlig‘ida sodir bo‘ladigan buzilishlarni bashoratlash imkonini bergan;
zararli ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlar stomatologik salomatligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Zararli ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlar stomatologik salomatligining hayot sifatiga ta’sirini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021yil 12 apreldagi 8n-r/300-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma zararli omillar bilan ishlovchi xodimlarda og‘iz bo‘shlig‘ining immun holatidagi o‘zgarishlarning laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, zararli omillar ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarining shikastlanish darajasini baholash davolash samaradorligini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
turli xil zararli ishlab chiqarish omillari majmuasi parodontdagi yallig‘lanish kasalliklarini rivojlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Zararli ishlab chiqarishda ishlovchilarning parodont holatini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 8n-r/301-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma sanoat xodimlari o‘rtasida stomatologik kasalliklarning rivojlanishida noqulay ishlab chiqarish sharoiti muhim rol o‘ynashini, bunday noqulay ish muhiti, shubhasiz, sog‘liqni saqlash holatiga, shu jumladan ishchilarning og‘iz bo‘shlig‘i organlari va parodont to‘qimalariga salbiy ta’sir qilishini aniqlashga imkon yaratgan;
shisha tolali tuzilmalarni ishlab chiqaruvchi ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalarini tashhislash, davolash va oldini olishga tizimli yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahar 1-stomatologiya poliklinikasi va Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash 2021 yil 12 apreldagi 8N-r/81-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshiradi, diagnostika va davolashning yangi usullarini qo‘llash orqali, kasallik keskinlashuvlarining kamayishi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi va bemorlarning davolanish muddatlarining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik uchun imkoniyat yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish