Bo‘taboev Jasurbek Maxmudjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Exinokokk kasalligini oldini olishning gigienik va xirurgik jihatlarini takomillashtirish» 14.00.07 – Gigiena; 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1513.
Ilmiy rahbarlar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kosimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: exinokkok kasalligini xirurgik davolashning gigienik va profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida exinokokk bilan kasallangan aholi orasida kasallanish darajasi, tuzilishi va dinamikasini tahlil qilish asosida tarqalish tendensiyalari va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi takomillashtirilgan;
exinokokk kasalligiga chalingan aholining haqiqiy ovqatlanish, ovqatlanish tartibi bo‘yicha gigienik va profilaktika choralari samaradorligi aniqlangan;
jigar exinokokkozining asoratlanmagan va asoratlangan shakllari uchun fibroz kapsulasining qoldiq bo‘shlig‘ini parazitlarga qarshi ishlov berishning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
tashkiliy-tibbiy va davolash tadbirlari asosida exinokokk kasalligini erta tashxislash davolash-profilaktika tadbirlar modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Exinokkok kasalligining oldini olishning gigienik va jarrohlik jihatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
exinokkok kasalligining oldini olishning gigienik va xirurugik jihatlarni takomillashtirish natijasida «Jigar exinokkokozining asoratsiz va asoratlangan shakllarida exinokkok kistasi qoldiq bo‘shliig‘iga antiparazitar ishlov berish usuli» ishlab chiqilgan (Intellektual mulk agentligining 2021 yil 27 iyuldagi IAP 06587-son ixtiroga patenti). Natijada ushbu usul jigar exinokkokozining asoratsiz va asoratlangan shakllarida exinokkok kistasi qoldiq bo‘shliig‘iga antiparazitar ishlov berish orqali xirurgik davolash tizimini yaratishga imkon bergan;
exinokkok kasalligining oldini olishning gigienik va xirurugik jihatlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Exinokokk kasalligining asoratlangan va asoratlanmagan shakllarida fibroz kapsulasining qoldiq bo‘shlig‘ini antiparazitar qayta ishlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 8n-z/295-son ma’lumotnomasi). Natijada operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini va o‘ziga xos asoratlarning 11,2% va kasallik qaytalanishining 4,6% dan 0,4% ga qisqarishiga imkon bergan;
exinokkok kasalligining oldini olishning gigienik va xirurugik jihatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutining shifoxonasi, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limlarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 08-09/20871-son ma’lumotnomasi). Natijada exinokokk kasalligini jarrohlik davolash sharoitida tavsiya qilingan qayta ishlash usuli erta operatsiyadan keyingi davrda fibroz kapsula qoldiq bo‘shlig‘ining o‘ziga xos sanatsiyasini qo‘shish, operatsiyadan keyingi yiringli–septik asoratlarning 11,2% va kasallik qaytalanishining 4,6% dan 0,4% ga qisqartirish hamda bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.