Yakubova Shahnoza Abdurahmonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda farmatsevtika ishi tarixi (1946 – 2020 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar586.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esonovna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda farmatsevtika sohasining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sovet davrida dorixonalar natsionalizatsiya qilinib, “Shahar xalq dorixonasi”ga aylanitirilishi tizimga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, dorixonalarning xususiy shakliga barham berilishi mamlakatda farmatsevtika mahsulotlari tanqisligini keltirib chiqarganligi asoslangan; 
sovet davrida dorixona xizmatini shakllantirishda davlat nazorati markazlashtirilgan holda olib borilgan bo‘lsa-da, soha rivojlanishi tadrijiy shaklda bo‘lganligi, qishloq aholisini dori-darmon bilan ta’minlash muammoligicha qolganligi, bu jarayonlar kadrlar tanqisligi natijasida yanada keskinlashganligi dalillangan;
aholining barcha qatlamlarini dori-darmon bilan ta’minlash ishining markazlashtirilishi ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritishga sabab bo‘lishi bilan birga, dori ishlab chiqarish sanoati rivojiga, dorixonalarning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlashga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan;
mustaqillikning dastlabki yillarida farmatsevtika sohasining talab darajasida rivojlanmaganligi dorixonalarda import mahsulotlar ulushining  ortishiga, noqonuniy yo‘llar bilan keltirilgan sifatsiz dori-darmonlar miqdorining ortishiga sabab bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda farmatsevtika ishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
aholini dori vositalari bilan ta’minlash ishining markazlashtirilishi ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritishga sabab bo‘lishi bilan birga, dori ishlab chiqarish sanoatini yo‘lga qo‘yishga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi,  mustaqillik yillarida farmatsevtika sohasining talab darajasida rivojlanmaganligi, dorixonalarda import mahsulotlar ulushining  ortishiga, noqonuniy yo‘llar bilan keltirilgan sifatsiz dori-darmon miqdorining ortishiga sabab bo‘layotganligi kabi ilmiy natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” dasturining IV  bo‘limi 169-bandida belgilangan vazifalar yuzasidan olib borilgan targ‘ibotlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 oktyabrdagi 02/08/1305-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir davlat sog‘liqni saqlash tizimida farmatsevtika bugungi kunda ham ustuvor soha ekanligi haqidagi tushunchalarni aholi, qolaversa talabalar ongiga etkazishga xizmat qilgan;
sovet davrida dorixona xizmatini shakllantirishda davlat nazorati markazlashtirilgan holda olib borilgan bo‘lsada, soha rivojlanishi tadrijiy tarzda bo‘lganligi, ayniqsa qishloq aholisini dori-darmonlar bilan ta’minlash muammoligicha qolganligi, bu jarayonlar kadrlar tanqisligi natijasida yanada keskinlashgani, dorixona muassasalari modelining muayyan tarixiy davrda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanishi va uning  mohiyati, tizimni rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillari, o‘ziga xosligi, usullari va yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 11 martdagi 02-40-312-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda farmatsevtika sohasi aholi salomatligini muhofaza qilishda hal qiluvchi rol` o‘ynashini ochib berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish