Zoxitova Nodira Xusan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Internet nashrlarning migratsiya jarayonlarini yoritishdagi roli: yondashuv va tendensiyalar (milliy va xorijiy tajriba asosida), 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1889.
Ilmiy rahbar: Mamatova Yakutxon Muxamadjonovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Qudratxo‘ja Sherzodxon Tojiddin o‘g‘li, siyosatshunoslik fanlari nomzodi, professor; Orazimbetova Zlixa Kdirbaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yetakchi milliy va xorijiy onlayn OAV faoliyati asosida internet nashrlarning migratsiya jarayonini yoritishdagi roli, yondashuvi, tendensiyalari va shakllarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OAVning migratsiya jarayonini yoritishdagi roli va ahamiyati hamda asosiy vazifalari asoslanib, amaliyotda ular ushbu sohadagi davlat chora-tadbirlarining faol translyatori sifatida faoliyat ko‘rsatayotgani, migratsiya yo‘nalishi hamda migrantlarga bo‘lgan jamoatchilik munosabatining shakllanishiga ta’siri isbotlangan;
oxirgi uch yilda mavzuga doir chiqishlar soni keskin ortgani, materiallarda migratsiya jarayonining asosiy tendensiyalaridan “aqllilar” migratsiyasiga oid chiqishlar ko‘paygani, ota-onalari muhojirlikda bo‘lgan bolalar, ayollar migratsiyasi, ichki migratsiya, immigratsiya, qaytish migratsiyasi va qochoqlar mavzusidagi materiallar etishmayotgani isbotlangan;
mul`timediaviy kontent samaradorligini oshirishda janr va til omillarining ahamiyati, jumladan, storitelling, narrativ, longrid janrlari samarali vosita ekanligi isbotlanib, xorijiy va milliy internet nashrlarida konnotatsiya, ko‘chirma so‘zlar, kondensatsiya belgisi, assotsiativ obrazlar, frazeologik iboralar, freyming samarasi kabi ifoda vositalarining ta’sir miqyosi aniqlangan;
migratsiya mavzusini samarali yoritishda internet nashrlarining texnologik imkoniyatlari eng qulay platforma vazifasini bajarishi, bunda mobil va fuqarolar jurnalistikasi yetakchilikni qo‘lga olayotgani, data jurnalistika vositalari esa mavzuni izchil va interfaol tarzda yoritishda qo‘l kelayotgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internet nashrlarning migratsiya jarayonlarini yoritishdagi roli: yondashuv va tendensiyalar mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mahalliy va xorijiy tadqiqotlarda “migrant”, “qochoq” atamalarining OAV kontekstidagi talqinlari yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda, soha mutaxassislarining jurnalistlar bilan hamkorlikda mavzuni malakali yoritish bo‘yicha salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening va konferensiyalarni tashkil qilishda foydalanilgan (“Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi”ning 2021 yil 22 sentyabrdagi 05/2-3892-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlar uchun migratsiyaga oid mahalliy va xalqaro ma’lumotlarni ommaviy auditoriyaga etkazish, maxsus terminalogiyani qo‘llash, muhojirlar bilan muloqat o‘rnatish kabi kasbiy indikatorlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
OAVning migratsiya jarayonini yoritishdagi roli va ahamiyati hamda 5 ta asosiy vazifasi, “internet nashrlarida muhojirlar reintegratsiyasi, ularning vatanida qolgan oilalari hamda ota-onasi muhojirlikda bo‘lgan bolalar mavzusi yoritilishi yuzasidan olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot insitutining JHBL-01 – “Mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning pedagogik va psixologik jihatlatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot insitutining 2021 yil 29 iyundagi 01-09/450-son ma’lumotnomasi). N yaqinlari xorijda bo‘lgan oilalardagi muhitni o‘rganish asosida milliy OAV uchun turkum materiallar tayyorlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston onlayn nashrlari amaliyoti tahlili, ularda “aqllilar” migratsiyasi, ota-onalari muhojirlikda bo‘lgan bolalar, ayollar migratsiyasi, ichki migratsiya, immigratsiya va qochoqlar mavzusidagi materiallar yuzasidan olingan ilmiy natijalar «UzReport news» axborot-tahliliy internet nashrining ushbu mavzudagi materiallari sifatini yaxshilashda qo‘llanilgan (“UzReport” axborot agentligining 2021 yil 4 iyundagi 4/06-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu internet nashrida migratsiya mavzusidagi materiallar soni ko‘payishiga va ularning sifati oshishiga erishilgan;
OAV migratsiyaga doir stereotiplardan foydalanayotgani asosida olingan ilmiy natijalar “UzReport TV” telekanalida migratsiyaga doir teleyangiliklar tayyorlashda foydalanilgan (“UzReport TV” axborot agentligining 2021 yil 4 iyundagi 4/06-son ma’lumotnomasi). Natijalar ushbu telekanalda migratsiyaga doir teleyangiliklar formati va usullarini o‘zgartirishga xizmat qilgan.