Choriev Azimjon Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Almashingan metoksifenollarni xloratsetillash va xloratsetil mahsulotlar asosida sintezlar», 02.00.03–Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K11.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamit Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: almashingan metoksifenollarni xloratsetillash reaksiyalari asosida sintezlar olib borishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba almashingan metoksifenollarni xloratsetillash reaksiyalarida kam miqdordagi katalizatorlar bilan hamda katalizatorsiz xloroform muhitida O-xloratsetillash mahsuloti hosil bo‘lishi isbotlangan;
xloratsetillash reaksiyalarining yo‘nalishi va unumning turli omillar (reagentlarning tuzilishi, nisbati, katalizator tabiati, temperatura, ta’sirlashish vaqti)ga ta’siri hamda ularning regioselektiv borish sharoitlari aniqlangan;
almashingan metoksifenollar molekulalarida katalitik miqdordagi L`yuis kislotalari ishtirokida O- va S-atsillash reaksiyalarining borish sharoitlari va O-atsil mahsulot olish usullari ishlab chiqilgan;
ilk bor almashingan metoksifenilxloratsetatlarning alkogolyatlar, fenolyatlar, aminlar, organik va noorganik kislota tuzlari bilan nukleofil almashinish reaksiyalarini olib borish orqali yangi murakkab efirlar olish usullari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aromatik birikmalarning xloratsetil hosilalari asosida yangi birikmalar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nodir metallarni aniqlash uchun yangi organik reagent sifatida «Muborakneftgaz» MChJga joriy etilgan («Muborakneftgaz» MChJning 2017 yil 31 oktyabrdagi 1037/T-son ma’lumotnomasi). Natijada oqava suv tarkibidagi palladiy ionlarini 1,5–2 barobar samarali ajratib olish imkoniyati yaratilgan;
oqava suvlarni monitoring qilish natijalari texnologik jarayonlarni optimallashtirish va oqava suvlardan metall ionlarini ajratib olish uchun «Muborakneftgaz» MChJga joriy etilgan («Muborakneftgaz» MChJning 2017 yil 31 oktyabrdagi 1037/T-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi organik reagentlardan foydalanilganda tozalash jarayonining samaradorligi 8–10% ortishga imkon bergan;
almashingan metoksifenollarni kam miqdordagi FeCl3·6H2O ishtirokida regioselektiv xloratsetillash usuli YoF.7.03. raqamli «Aromatik birikmalarning etilolimidlar bilan proton va oz miqdordagi aproton kislotalar ishtirokida maqsadli sintezlar tadqiqoti» mavzusidagi loyihada bakterisidlik va fungisidlik faolligiga ega bo‘lgan moddalarni sintez qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 oktyabrdagi FTA-02-11/969-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan usul tuproq patogeni bo‘lgan fuzarioz kasalligiga qarshi bakterisidlik xossalarini namoyon qiluvchi yangi metoksifenollarning hosilalarini olish imkonini bergan.