Axmadjonov Xasan Axmadjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nofilologik ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarning ingliz tilidagi yozma nutqini baholash metodlarini takomillashtirish», 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped596.
Ilmiy rahbar: Irmuxamedova Gulchexra Nasirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘htasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isroilova Dildora Muxtorovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarining yozma nutqini baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi B1 darajadagi talabalarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda agenda, minutes, press release, business letter kabi  tijorat sohasidagi rasmiy yozishmalarga oid baholash mezonlari davlat ta’lim standartlarida belgilangan lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetensiyalar asosida takomillashtirilgan;  
birinchi va ikkinchi bosqich talabalarning yozma nutq faoliyatini baholash rubrikini yaratish mexanizmi mavzuni tanishtirish, turli darajadagi namunalarni tahlil qilish, mezonlar ro‘yxatini tuzish, sifat darajalari bo‘yicha qaror qabul qilish va qayta ko‘rib chiqish kabi 5 bosqichli interfaol usulinining ketma-ketlik tamoyiliga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarining rasmiy yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minoti (can do statements) bilish va qo‘llay olish talablari hamda eslash, tushunish, tatbiq etish, tahlil, baholash, yaratish Blum taksonomiyasi darajalari integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
xorijiy tillarni o‘qitishning umummetodik hamda maxsusmetodik tamoyillari hamda baholashning lingvodidaktik xususiyatlari integratsiyasi asosida cohaviy yozma nutqini rivojlantirish va differensial baholash jarayonlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarning ingliz tilidagi yozma nutqini baholash metodlarini takomillashtirish mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
rasmiy yozishma turlarining (agenda, minutes, press release, business letter va b.) xususiyatlari hamda davlat ta’lim standartlarida belgilangan kompetensiya turlarining (lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik) o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozma nutqini baholash mezonlari ishlab chiqilgan hamda ushbu mezonlardan Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazida bajarilgan “National English Assessment Team - Milliy Ingliz tilini Baholash Jamoasi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2020 yil 25 dekabrdagi 02/6-263-son ma’lumotnomasi). Natijada mashqlar tizimi, terminlar va testlar banki yaratilgan hamda loyihaning ilmiy-amaliy bazasi boyitilgan;  
talabalar yozma nutq faoliyatini baholash rubriksini yaratishning 5 bosqichli (mavzuni tanishtirish, turli darajadagi namunalarni tahlil qilish, mezonlar ro‘yxatini tuzish, sifat darajalari bo‘yicha qaror qabul qilish va qayta ko‘rib chiqish) “sxema” strategiyasi vositasida ishlab chiqilgan mezoniga oid ilmiy xulosalardan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida amalga oshirilgan “Fanlarni ingliz tilida o‘qitish” (EMI) nomli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2021 yil 18 fevraldagi 01/4-219-con ma’lumotnomasi). Natijada, ular iqtisodiyot yo‘nalishi o‘qituvchilariga mazkur bosqichlar orqali baho mezonlarini tuzishlarida    manba sifatida xizmat qilgan;
rasmiy yozma nutqni rivojlantiruvchi mashqlar tizimi, bilish va qo‘llay olish talablari hamda Blum taksonomiyasi darajalari (bilish, tushunish, tadbiq etish, analiz, sintez, baholash) integratsiyasiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Oliy diplomatiya maktabi o‘quv kurslarida xorijiy tillarni o‘qitish mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2021 yil 25 yanvardagi 01/06-con ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv kurslarning ishchi o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy majmua materiallari boyitilgan;
cohaviy yozma nutqini rivojlantirish va baholashga oid metodik tavsiyalar xorijiy tillarni o‘qitishning umummetodik hamda maxsusmetodik tamoyillari asoslariga oid dissertatsiya natijalaridan O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining pedagog kadrlarni malakasini oshirish kurslarining o‘quv jarayonini takomillashtirishga tatbiq etilgan. Xususan, o‘rganuvchilarning yozma nutqini rivojlantirish va baholashga oid metodik tavsiyalar, matnlar janrlariga asoslangan baholash mezonlari hamda metodik ta’minotlardan markazining 2.2 “Tadqiqotlar olib borishda lingvistik metod va yondashuvlar” moduli o‘quv dasturini ishlab chiqish va dars jarayonini tashkillashtirishda foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2020 yil 28 dekabrdagi 10-06/146-con ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv kurslari tinglovchilarining talabalar yozma nutqlarini rivojlantirish hamda uni baholash kompetensiyalari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish