Bekjanova Aynura Marxabaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpoq maktablarida chet tillarini o‘qitishning shakllanishi va rivojlanishi (1924-1991 yy.)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD /Ped751
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq  maktablarida  chet  tillarni o‘qitish  jarayonining  shakllanish  va  rivojlanish  shart-sharoitlarini aniqlashtirish,  chet  tillarni o‘qitish  metodikasining  taraqqiy  etish tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq maktablarida chet tillarni o‘qitish jarayonlarini shakllanishi va rivojlanishining geosiyosiy, madaniy turfa xillik va ko‘p tillilik, chet tillarni o‘qitishga doir milliy an’analar bilan bog‘liq shart-sharoitlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ilmiy-pedagogik, tashkiliy, demografik omillarning ta’sir darajasining empiriklik xususiyatini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
chet tili ta’limining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, hududiy chet til ta’limining takomillashuvi bilan bog‘liq holatlarni sintezlash asosida qoraqalpoq maktablarida chet tillarni o‘qitishning shakllanish va rivojlanish jarayonlari sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilgunga qadar va sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilganidan so‘nggi bosqichlarini alohida belgilash orqali davrlashtirilgan;
komparativistik yondashuv asosida qoraqalpoq maktablarida chet tillarni o‘qitishning tarjima, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tabiiy, aralash, ongli-qiyosiy, ongli-amaliy metodlari kommunikativ topshiriqlar, fonetik assosatsiyalar, muammoli hamda verbotonal kabi modifikatsiyalangan usullarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kommunikativ metodikaning intensiv usullarini qo‘llashga doir lingvomadaniy an’analar konsept va realiyalarni tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan chog‘ishtirish, qo‘shimcha psixologik imkoniyatlarni faollashtirish vositasi sifatida suggestiyadan maqsadga muvofiq tarzda foydalanish orqali chet tillarni o‘qitishga doir xorijiy va milliy tajribani uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq maktablarida  chet  tillarni  o‘qitishning  shakllanishi  va  rivojlanishi bo‘yicha ilmiy natijalari:
qoraqalpoq maktablarida chet tillarni o‘qitish jarayonlarini shakllanishi va rivojlanishining geosiyosiy, madaniy turfa xillik va ko‘p tillilik, chet tillarni o‘qitishga doir milliy an’analar bilan bog‘liq shart-sharoitlari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ilmiy-pedagogik, tashkiliy, demografik omillarning ta’sir darajasining empiriklik xususiyatini hisobga olishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish”da foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 6 iyuldagi 01/11-02/02-961-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tillarni o‘qitishda tarixan shakllangan metodik yondashuvlarning ijobiy tajribasidan foydalanishga xizmat qilgan;
chet til ta’limining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, hududiy chet til ta’limining takomillashuvi  bilan bog‘liq holatlarni sintezlash asosida qoraqalpoq maktablarida chet tillarni o‘qitishning shakllanish va rivojlanish jarayonlari sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilgunga qadar va sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilganidan so‘nggi bosqichlarini alohida belgilash orqali davrlashtirish, komparativistik yondashuv asosida qoraqalpoq maktablarida chet tillarni o‘qitishning tarjima, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tabiiy, aralash, ongli-qiyosiy, ongli-amaliy metodlarini kommunikativ topshiriqlar, fonetik assotsiatsiyalar, muammoli hamda verbotonal kabi modifikatsiyalangan usullarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan F-3-2016-0408165532. “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 15 martdagi 50-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilini chet tillar bilan o‘zaro qiyoslash orqali o‘rganishga doir asoslangan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan;
kommunikativ metodikaning intensiv usullarini qo‘llashga doir lingvomadaniy an’analar, ya’ni konsept va realiyalarni tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan chog‘ishtirish, qo‘shimcha psixologik imkoniyatlarni faollashtirish vositasi sifatida suggestiyadan maqsadga muvofiq tarzda foydalanish orqali chet tillarni o‘qitishga doir xorijiy va milliy tajribani uyg‘unlashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 15 maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 125-son buyrug‘iga asosan chet tili fanidan yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 6 iyuldagi 01/11-02/02-961-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tillarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalarni tizimli tatbiq etish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish