Arustamyan Yana Yur`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Badiiy tarjimaning kognitiv-pragmatik asoslari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil316.
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Dilyaram Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01/10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimov Ganijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoilovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnning adekvatligi muammosiga qaratilgan kognitiv lingvistika, lingvopragmatika va lingvomadaniyatshunoslikka xos yangi yondoshuvlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-konseptual, estetik-ekspressiv, obrazli, pragmatik, kognitiv, lingvomadaniy qatlamlardan iborat badiiy asarning tarjimasi jarayonida muhim bo‘lgan badiiy matnga xos keng qamrovli kontekstning axborotni qayta taqdim etish xarakteri hamda pragmatik vaziyatni yuzaga chiqarish darajasi kabi asosiy parametrlari dalillangan;
ekvivalentlikning til birliklarining fonetik, leksik, grammatik va stilistik kabi lingvistik darajada muvofiqligini, adekvatlikning esa ham lingvistik darajada, ham pragmatik, kognitiv va madaniy kontekstlar vositasida amalga oshiriluvchi ekstralingvistik darajada muvofiqligini ifodalashi isbotlangan;
badiiy matn tarjimonining o‘ziga xos til egasi sifatidagi lingvokreativlik, idiolekt kabi lingvistik, pragmatik, ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy, kognitiv, madaniy, gender kabi ekstralingvistik omillar bilan shartlanilganlik darajasi bo‘yicha parametrlashtirish asoslangan;
badiiy asarning konseptual yaxlitligini qayta tiklashga ta’sir etuvchi konseptual axborotning belgilari, ularni asliyat va tarjima matnlarida yuzaga chiqarish vositalari va inferent bilimlarni qo‘lga kiritish hamda tarjimaning adekvatliligiga erishish uchun konseptual va freym-tahlilning muvofiqligi asoslangan;
badiiy asarning konseptual yaxlitligini qayta yaratishda lingvomadaniy axborotning ahamiyati, mualliflik talqinida lingvomadaniy konseptlarning qo‘shimcha konnotatsiyalarga ega bo‘lishi va bu holat tarjimondan dastlabki konseptual tahlilni o‘tkazish hamda asarning lingvistik va ekstralingvistik kontekstida mumkin bo‘lgan barcha konseptual aloqalarni aniqlashtirishni talab etishi dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matn tarjimasining kognitiv-pragmatik asoslarini tadqiqot qilish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida:
axborot-konseptual, estetik-ekspressiv, obrazli, pragmatik, kognitiv, lingvomadaniy qatlamlardan iborat badiiy asarning tarjimasi tahlili jarayonida muhim bo‘lgan badiiy matnga xos keng qamrovli kontekstning axborotni qayta taqdim etish xarakteri hamda pragmatik vaziyatni yuzaga chiqarish darajasi kabi asosiy parametrlarga oid xulosalardan OT-F1-89 “Avesto: ensiklopedik lug‘at” fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 89-01-984-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida “Avesto” atamashunosligini tarjima qilish va uni ensiklopedik matnga kiritish uchun qo‘lanilgan madaniy, diniy va mifologik konnotatsiyali hamda konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlar tarjimasi tahliliga oid metod va tamoyillarning samaradorligini aniqlashga erishilgan;
ekvivalentlikning til birliklarining fonetik, leksik, grammatik va stilistik kabi lingvistik darajada muvofiqligini, adekvatlikning esa ham lingvistik darajada, ham pragmatik, kognitiv va madaniy kontekstlar vositasida amalga oshiriluvchi ekstralingvistik darajada muvofiqligini ifodalashi borasidagi xulosalardan 56-01/10 “Innovative opportunities of the catalog (in five languages) “The Pilgrimage places of Uzbekistan” in the popularization of historical monuments” O‘zbekiston-Fransiya halqaro loyihasida foydalanilgan (Fransiya va O‘zbekiston Hamdo‘stligi Jamiyatining 2021 yil 24 iyundagi 72-son ma’lumotnomasi). Natijada beshta tilda, shu qatorda ingliz va rus tillarida, “Pilgrimage places and sacred shrines in Uzbekistan” nomli katalogi chop etilgan, ushbu katalogni O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy qadriyatlarining adekvat tarjimasi bo‘yicha tavsiyalar bilan boyitishga erishilgan;
badiiy matn tarjimonining o‘ziga xos til egasi sifatidagi lingvokreativlik, idiolekt kabi lingvistik, pragmatik, ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy, kognitiv, madaniy, gender kabi ekstralingvistik omillar bilan shartlanilganlik darajasi bo‘yicha parametrlashtirishga oid xulosalardan Erasmus+UNICAC 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “Utiversity Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China” halqaro loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 89-01-984-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada badiiy matn tarjimasining linggvomadaniy jihatlari, shuningdek, madaniyatlararo kommunikatsiyani shakllantirishda badiiy tarjimaning ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy ishlanmalarni boyitishga erishilgan;
badiiy asar pragmatik kontekstining vaziyat, intensionallik, muallif modalligi (ifoda mazmuniga nisbatan munosabatdorligi), muallif, personaj va tarjimon tillarining o‘ziga xosligi, harakatning turli ko‘rinishlari kabi omillarni qamrab oluvchi parametrlashtirish tamoyillariga oid xulosalardan Erasmus+585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” halqaro loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 89-01-984-son ma’lumotnomasi). Natijada “Kompyuter lingvistikasi” mutahassisligi bo‘yicha magistratura bo‘limi uchun yozma matn semantikasi va pragmatikasi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi fan dasturlarini takomillashtirishga erishilgan;
badiiy asarning konseptual yaxlitligini qayta tiklashga ta’sir etuvchi konseptual axborotning belgilari, shuningdek, ularni asliyat va tarjima matnlarida yuzaga chiqarish vositalari va inferent bilimlarni qo‘lga kiritish hamda tarjimaning adekvatliligiga erishish uchun konseptual va freym-tahlilning muvofiqligiga oid xulosalardan O‘zbekistondagi Rus madaniy markazining “Til va adabiyot o‘qitilishidagi yangi texnologiyalar” ilmiy-amaliy seminari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniy markazining 2021 yil 20 oktyabrdagi 02-101-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjima jarayonida madaniy-relevant (o‘zgaruvchan) axborotni sayqallash misollari taqdim etilgan, bu kabi misollarning batafsil ko‘rib chiqilishi va tahlili ingliz tilidan rus tiliga noadekvat tarjima qilish xolatlarining oldini olish va tarjima jarayonida badiiy asarning konseptual yahlitligini saqlab qolish imkoni yaratilgan;
badiiy matn tarjimasi tahlilining asliyat matnining pragmatik, kognitiv va ligvomadaniy hususiyatlarining o‘zaro moslashuvi va mazkur mochlashuvni tarjima matnida ham saqlab qolishga oid takliflarga asoslangan kompleks metodikasi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Mavzu”, “Etno” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlarini yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 16 iyundagi 02-13-1017-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ilmiy natijalarini tadbiq etish orqali teleko‘rsatuvlar ssenariysini samarali yozish hamda ularni umumiy ilmiy va madaniy-ma’rifiy mazmun bilan boyitishga erishilgan.