Bakirov To‘lqinjon Yunusalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fundamental matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlik asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1559.
Ilmiy rahbar: Turgunbaev Riskeldi Musamatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Djumaboev Davlatboy Xalilillaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Najmiddinova Hilola Yoqubjanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA qoshidagi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy pedagogik ta’limni zamonaviylashtirish sharoitida fundamental matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlashda fundamental matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitishning integrativ-didaktik jihatlari tizimli, sinergetik, kompetensiyaviy kabi yondashuvlarni uzviylik, barqarorlik, individuallashtirish, modullilik, ob’ektivlik tamoyillari bilan taksonomik maqsadlarga erishish darajasi identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitishning didaktik tizimi fanlararo ichki integratsiyaning shaxsiy-motivatsion, kognitiv, kreativ-faoliyatli, refleksiv komponentlarini konseptual ta’limning chizma-tasviriy faoliyat turini mantiqiy, relyasion, semantik tarmoq, produksion, freym modellari bilan strukturaviylik imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
fundamental matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlik asosida o‘qitishning yaxlitligini ta’minlash metodikasi ko‘rgazmali-modelli o‘qitish texnologiyasini matematik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini maqsadni (nazzariy, amaliy, metodik modul`) belgilash, yaxlit matematik ob’ektni modelini tasavvur qilish, belgili-ramziy vositalarni qo‘llash, perseptiv obraz va tasavvurlarni hosil qilish, aprior model adekvatligi ko‘rinishida loyihalash orqali takomillashtirilgan;
matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitishning texnologik, metodik shartlari talabalarda matematik ob’ektlarni adekvat ifoda etishning sensor-perseptiv mexanizmlariga xos fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, mnemik usullar, differensiatsiya, mustaqil ta’lim, refleksiyaga asoslangan mnemik-perseptiv aloqalarni qat’iy o‘rnatish algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fundamental matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlik asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlashda fundamental matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitishning integrativ-didaktik jihatlari tizimli, sinergetik, kompetensiyaviy kabi yondashuvlarni uzviylik, barqarorlik, individuallashtirish, modullilik, ob’ektivlik tamoyillari bilan taksonomik maqsadlarga erishish darajasi identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan “Matematik analiz (Differensial tenglamalar)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i, 359-021-raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogik oliy ta’limda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitishning didaktik tizimini fanlararo ichki integratsiyaning shaxsiy-motivatsion, kognitiv, kreativ-faoliyatli, refleksiv komponentlarini konseptual ta’limning chizma-tasviriy faoliyat turini mantiqiy, relyasion, semantik tarmoq, produksion, freym modellari bilan strukturaviylik imkoniyatini kengaytirish asosida, fundamental matematika fanlarini mazkur jarayon yaxlitligini ta’minlash metodikasini ko‘rgazmali-modelli o‘qitish texnologiyasini matematik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini maqsadni belgilash, yaxlit matematik ob’ektni modelini tasavvur qilish, belgili-ramziy vositalarni qo‘llash, perseptiv obraz va tasavvurlarni hosil qilish, aprior model adekvatligi ko‘rinishida loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Matematik analiz (ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘i, 654-183-raqamli guvohnoma). Natijada, fundamental matematika fanlarini o‘qitishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
matematika fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitishning texnologik, metodik shartlarini talabalarda matematik ob’ektlarni adekvat ifoda etishning sensor-perseptiv mexanizmlariga xos fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, mnemik usullar, differensiatsiya, mustaqil ta’lim, refleksiyaga asoslangan mnemik-perseptiv aloqalarni qat’iy o‘rnatish algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Matematik analiz (qatorlar nazariyasi)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-sonli buyrug‘i, 133-11-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak matmatika o‘qituvchilarini ko‘rgazmali-modelli ta’lim texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.