Umarova Zuxra Abduraxmanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish texnologiyasi”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped572.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Axmedova Mukarram Tursunalievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Yunusova Minavvarxon Sabirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan  pedagogik konfliktlar muammosini ochib berish va ularni bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy (yosh-fiziologik,  ijtimoiy, tarbiyaviy ) jihatlari va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq konfliktlar(o‘zlashtirishdagi, o‘qituvchilar bilan munosabatdagi, qiziqishlarning namoyon bo‘lishidagi to‘siqlar)ning pedagogik-psixologik xususiyatlari muassasa va ijtimoiy institutlar hamkorligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan kuzatuv kengashi faoliyati mazmuniga intensiv(tezkor munosabat bildirish) nazorat shakllarini uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik konfliktlar(sub`ekt-sub`ekt, shaxs bilan bog‘liq)ni bartaraf etishning amaliy yo‘nalgan komponentlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual-psixologik (intellektual, hissiy, irodaviy) xususiyatlariga moslashuvchan sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida “sabab-oqibat” munosabatlarini ochib beruvchi jamoaviy ta’sir hamda an’anaviy yondashuvlarni qiyoslash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxsiy konfliktlarni bartaraf etishning algoritmik xaritasi (komponentlarning ketma-ketligi, aloqadorligi, izchilligi) va funksional modeli umumtarbiyaviy xarakterdagi o‘quv vaziyatli topshiriqlar (Says-study, Aut-analiz ) va bir vaqtda bir necha sub`ekt bilan ishlash hamda ta’sir muhitini yaratishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy vositalar asosida ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish orqali ta’lim sifatini oshirishning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-pedagogik va metodik tavsiyalar tizimi o‘quvchilarda zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyat elementlarini sinf va sinfdan tashqari jarayonlarga moslashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan konfliklarning umumiy jihatlari va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq konfliktlarning pedagogik-psixologik xususiyatlari muassasa va ijtimoiy institutlar hamkorligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan kuzatuv kengashi faoliyati mazmunini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2018 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining 2021 yil 30 oktyabrdagi 5015-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan konfliklarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq jihatlarini o‘z vaqtida tahlil qilish va bartaraf etishning vaziyatbop yondashuvlarini tanlash imkoniyati kengaytirilgan;
pedagogik konfliktlar(sub`ekt-sub`ekt, shaxs bilan bog‘liq)ni bartaraf etishning amaliy yo‘nalgan komponentlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual-psixologik (intellektual, hissiy, irodaviy) xususiyatlariga moslashuvchan sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida “sabab-oqibat” munosabatlarini ochib beruvchi jamoaviy ta’sir hamda an’anaviy yondashuvlardan qiyosiy tahlil qilish va natijalardan samarali foydalanishga oid  tavsiyalar “PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 noyabrdagi 02-07-3470/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni o‘rganib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxsiy konfliktlarni bartaraf etishning algoritmik xaritasi (komponentlarning ketma-ketligi, aloqadorligi, izchilligi) va funksional modeli umumtarbiyaviy xarakterdagi o‘quv vaziyatli topshiriqlar (Says-study, Aut-analiz ) va bir vaqtda bir necha sub`ekt bilan ishlash va ta’sir muhitini yaratishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy ta’minotni amaliyotiga joriy etishga doir takliflar “PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 noyabrdagi 02-07-3470/04-son dalolatnomasi). Natijada, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasining o‘quv-biluv va tarbiya ishlari tizimida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish mexanizmlari yaratilgan, boshlang‘ich sinflarda pedagogik konfliktlarni bartaraf etishning “Renessans” dasturiy texnologiyasi amaliyotga joriy etilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish amaliyotini samarali tashkil etish mexanizmlari bo‘yicha o‘quvchilarda zaruriy ko‘nikmalari (maqsadning aniqligi, tez va samarali qaror qabul qilish va b.)ni shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyatni sinf va sinfdan tashqari jarayonlarga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalari asosida  “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli darslik nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni didaktik jihatdan ta’minlangan holda amalga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish